O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 1,3 milliard dollarga oshdi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 1,3 milliard dollarga oshdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari (OVZ) hajmini ma’lum qildi.

2021 yil 1 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning rasmiy oltin-valyuta zaxiralari hajmi 35,52 mlrd. dollarni tashkil etgan.

Aprel oyiga nisbatan bu ko‘rsatkich 1,33 milliard dollarga oshgan.

Xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari va omonatlardagi zaxiralar O‘zbekiston umumiy zaxiralarining 13,68 mlrd. dollarini tashkil etib, bu o‘tgan oydan nisbatan 579 mln. dollarga ko‘p.

Jahon bozorida oltin narxining oshishi (pulning oltin balansini qayta baholash) tufayli oltin-valyuta zaxiralarining hajmi 1,4 mlrd. dollarga oshdi, oltinni sotish esa (370 ming troy unsiya miqdorida) 700 mln. dollar miqdoridagi oltin-valyuta zaxiralarining pasayishiga olib keldi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 31 may holatiga ko‘ra, oltinning bir troy unsiya narxi (Toshkent vaqti bilan 18:00) 1,905, 25 AQSh dollarini tashkil etdi va. o‘tgan oyga nisbatan 7,68% ga oshdi (30 aprel holatiga ko‘ra, oltin narxi 1 troy unsiyasi uchun 1,769,35 dollarni tashkil etdi).

Avvalroq Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi eksperti valyuta zaxiralarining nima uchun kamaygani va oltinning sof hajmi oshganini izohlagan edi.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar