O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 1 oktyabr holatiga 34,41 mlrd dollarni tashkil etdi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.
Sentyabr oyi bilan taqqoslaganda bu ko‘rsatkich 1,02 mlrd dollarga yoki 2,9 foizga kamaydi. yo‘qotishlarning yarmi oltinga to‘g‘ri keladi. Bir oy mobaynida uning miqdori 200 ming troy unsiyaga oshdi, lekin uning umumiy qiymati 528 mln dollarga kamaydi.
Shundan keyin oltinning bir unsiyasi uchun narxi taxminan 1762 dollardan 1 oktyabrda — 1760 dollarga tushdi. Biroq, hozir qimmatbaho metallarning bir troy unsiyasi narxi 1775 dollarga ko‘tarildi.
Hozirda O‘zbekistonda 21,345 mlrd dollarlik oltin zaxirasi bor — bu 12,3 million troy unsiyani tashkil etadi (taxminan 382,6 tonna, bu o‘tgan oyga qaraganda 6 tonnaga ko‘p).
Zaxiralar kamayishining yana bir sababi valyutadagi aktivlarning qisqarishidir. Sentyabr oyida valyutadagi aktivlar 479 mln dollarga kamayib 11,95 milliard dollarni tashkil qildi.
Izoh qoldirish