Markaziy bank plastik kartalardagi mablag‘larni xavfsiz saqlash bo‘yicha tavsiya berdi

Markaziy bank plastik kartalardagi mablag‘larni  xavfsiz saqlash bo‘yicha tavsiya berdi

Karantin paytida bank kartasi orqali to‘lovlarni o‘tkazish yanada ommalashmoqda. Ushbu davrda imkon qadar bank kartasi ma’lumotlarining xavfsizligini saqlashda ogoh bo‘lish lozim. Jumladan, kiberjinoyatchilar ijtimoiy tarmoqlar orqali har xil vajlar bilan karta egalariga SMS-xabarnomalar jo‘natishi mumkin.

"Hurmatli fuqarolar, agar mobil telefoningizga shunday SMS-xabarlar kelib tushsa, ularga aslo javob bermang", deyiladi xabarda.

Savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarida to‘lovni amalga oshirish jarayonida begona shaxslarga shaxsiy PIN-kod raqamingizni ham oshkor qilmasligingizni tavsiya etilmoqda. Sababi, PIN-kod – har bir bank kartasi egasining shaxsiy identifikatsiya raqami bo‘lib, u karta hisobvarag‘idagi pul mablag‘larini boshqarish huquqini hamda mablag‘larni boshqarishga bank kartasi egasi tomonidan ruxsat berilganligini tasdiqlaydi.

Bank karta egasi sotuvchidan terminal uskunasini taqdim etishini talab qilishi va mustaqil ravishda to‘lovni amalga oshirishi lozim.

Hozirgi kunda HUMO bank kartalari NFC texnologiyasiga ega bo‘lib, ushbu kartalar orqali 50 ming so‘mgacha (“Makro” va “Korzinka” supermarketlarida 250 ming so‘mgacha) to‘lovni PIN-kodni termagan holda amalga oshirish imkoniyati mavjud.

Bundan tashqari, xalqaro bank kartalari egalaridan bank kartasi rekvizitlari va CVV (CVC) kodlarini begona shaxslarga oshkor qilmaslik va internet orqali “3D secure” xavfsizlik xizmatini ishlatsa, to‘lovlarni amalga oshirish jarayonida undan foydalanish tavsiya etilmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar