«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ joriy yil 15 avgustdan mahalliy yo‘nalishlarda poyezdlar harakatini bosqichma-bosqich qayta tiklaydi.
Yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» poyezdlari Toshkent – Samarqand – Buxoro – Toshkent yo‘nalishida 2 ta, Toshkent – Samarqand – Qarshi – Toshkent yo‘nalishida 1 ta, shuningdek, Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishida 2 ta yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Yo‘lovchilar chiptalarni temiryo‘l kassalaridan, shuningdek, onlayn tarzda ham xarid qilishi mumkin.
«Uzbekistan airways» aviakompaniyasi tomonidan 15 avgust sanasidan e’tiboran Toshkent – Nukus – Toshkent, Toshkent – Urganch – Toshkent yo‘nalishida haftasiga uch marotabadan, Toshkent – Termiz – Toshkent yo‘nalishida esa haftasiga ikki marotabadan parvozlarni amalga oshirish boshlanadi.
Izoh qoldirish