2020 yil 10 iyulidan 1 avgustga qadar bo‘lgan muddatda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ da 5900 ta chipta sotilgan.
Karantin choralari kuchaytirilib, poyezdlar qatnovi to‘xtatilgani sababli yo‘lovchilarga sotib olingan chipta pullari qaytariladi.
"Uzbekistan airways" AJ tomonidan "Toshkent-Nukus", "Toshkent-Urganch", "Toshkent-Termiz" yo‘nalishlarida 13 iyuldan 1 avgustga qadar bo‘lgan muddatga 332 ta aviachipta sotilgan.
Sotib olingan aviachiptalarning amal qilish muddati bir yilgacha haqiqiy hisoblanadi.
Epidemiologik vaziyat barqarorlashib aviaqatnovlar tiklanganda, yo‘lovchilar avval sotib olgan chiptalari bilan bemalol parvoz qilishi mumkin.
Toshkent shahridagi avtobuslarda harakatlanish maqsadida iyul oyi uchun sotib olingan oylik yo‘l chiptalari "Toshshahartrans" AJning oylik yo‘l chiptalari va jetonlar sotish bo‘limi tomonidan joriy yilning 1 avgustidan 10 avgustigacha qaytarib olinadi va foydalanilmagan kunlar uchun pul mablag‘lari qaytariladi.
Izoh qoldirish