“Afrosiyob” poyezdlarining harakat jadvali o‘zgardi

“Afrosiyob” poyezdlarining harakat jadvali o‘zgardi

2021 yil 23-24 oktyabr kunlari “Toshkent-Buxoro-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanadigan 770/769-sonli “Afrosiyob” poyezdlari yangi harakat jadvali bo‘yicha harakatlanadi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Vazirlik xabariga ko‘ra:

- 770-sonli “Afrosiyob” poyezdi ushbu kunlarda Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan ertalab soat 07:07 da;

- 769 -sonli “Afrosiyob” poyezdi esa soat 16:49 Buxoro temir yo‘l vokzalidan harakatini amalga oshiradi.

Izoh: Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar