2021 yil Davlat dasturiga kiritilgan loyihalarni bajarish uchun 30 trln so‘m, 2 mlrd 600 million AQSh dollari va 57 mln yevrodan ziyod mablag‘ yo‘naltirildi

2021 yil Davlat dasturiga kiritilgan loyihalarni bajarish uchun 30 trln so‘m, 2 mlrd 600 million AQSh dollari va 57 mln yevrodan ziyod mablag‘ yo‘naltirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 10 fevral kuni “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi ijrosini samarali tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lumki, 2021 yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilingan edi. Shu borada tayyorlangan dastur loyihasi umumxalq muhokamasiga qo‘yilib, 2 mingdan ziyod takliflar, fikr-mulohazalar olindi, ular asosida qayta ishlanib, yanada boyitildi.

Ushbu takomillashgan Davlat dasturi Prezidentning joriy yil 3 fevraldagi farmoniga muvofiq qabul qilindi. Unda 273 ta band bor. Bu chora-tadbirlarni bajarish uchun qariyb 30 trillion so‘m, 2 milliard 600 million AQSh dollari va 57 million yevrodan ziyod mablag‘ yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.

Umumlashtirib aytganda, Davlat dasturining asosiy maqsadi – yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, iqtisodiyotni rivojlantirish orqali xalq farovonligini oshirishga qaratilgan.

“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonini e’lon qilgan edik. Davlat dasturidan qanday chora-tadbirlar o‘rin olgan. Bu yerda tanishishingiz mumkin.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar