2021 yil yanvar oyida O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ma’lumot berildi

2021 yil yanvar oyida O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ma’lumot berildi

2021 yilning yanvar oyida respublikamizga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 427 mln. dollarni tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 27 mln. dollarga yoki 7 foizga oshdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.

Chet elga yuborilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari miqdori 101 mln. dollarga yetdi. Natijada xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo 326 mln. dollarga yetdi.

2020 yilda O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 6,03 milliard dollarni tashkil etib, 2019 yilga nisbatan 17 million dollarga yoki 0,3 foizga oshgani haqida xabar qilgan edik.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar