2021 yilda banklar orqali naqd pul aylanmasi 14,2 mlrd. dollarni tashkil etdi

2021 yilda banklar orqali naqd pul aylanmasi 14,2 mlrd. dollarni tashkil etdi

2021 yil yanvar-aprel oylarida banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 149,3 trln. so‘mni (14,2 mlrd. dollar) tashkil etgani holda, 2020 yilning mos davriga nisbatan 41,6 foizga oshdi.

Markaziy bank Naqd pul muomalasi bo‘yicha qisqacha sharh berdi.

Jumladan, banklar kassalariga naqd pul tushumlari 75,4 trln. so‘mni, o‘z navbatida, chiqim qilingan naqd pullar 73,9 trln. so‘mni tashkil etdi.

1-rasm. Naqd pul tushumlari hajmi va tarkibi dinamikasi

(2019-2021 yillarning yanvar-aprel oylari)

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida bank kassalaridan (shu jumladan, bankomatlardan) berilgan naqd pullar 2020 yil yanvar-aprel oylariga nisbatan 38,5 foizga oshishi kuzatilgan bo‘lsa, mazkur holat asosan bank kartalaridan naqd pul yechish hajmining 10,9 trln. so‘mga (1,7 barobar) hamda naqd chet el valyutasini sotib olish uchun yo‘naltiriladigan naqd pullar hajmi 6,5 trln. so‘mga (1,5 barobar) o‘sishi hisobiga yuzaga keldi.

2-rasm. Banklardan naqd puldagi chiqimlar hajmi va ularning maqsadlari bo‘yicha tarkibiy dinamikasi

(2019-2021 yillarning yanvar-aprel oylari)

2021 yil yanvar-aprel oylarida bank kartalariga 78,4 trln.so‘mlik mablag‘lar kelib tushib, ushbu davrda bank kartalaridagi 25,9 trln. so‘mlik (33,1 foiz) mablag‘lar aholi tomonidan naqdlashtirib olingan.

3-rasm. Bank kartalariga kelib tushgan mablag‘lar va ularni naqdlashtirish hajmlari dinamikasi

(2019-2021 yillarning yanvar-aprel oylari)

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar