O‘zbekiston avtomobil bozoridagi vaziyat qanday o‘zgardi

O‘zbekiston avtomobil bozoridagi vaziyat qanday o‘zgardi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi har oyda O‘zbekiston avtomobil bozoridagi vaziyatni tahlil qilib boradi.

Fevral oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda barcha transtport vositalarining umumiy savdosi 115 mingdan oshdi. Umuman olganda, avtomobil bozori yil davomida 6,3%ga kamaydi.

Fevral oyida 109,7 mingta yengil avtomobillar sotildi. Shu bilan birga, yillik shartlarda yengil avtomobillar bozori 5,6%ga kamaydi.

Birlamchi avtomobil bozoridagi vaziyat

Birlamchi yengil avtomobillar bozoridagi vaziyatga kelsak, bir oy davomida sotuvlar sezilarli darajada kamaydi va 26 mingdan sal ko‘proq avtomobilni tashkil etdi. O‘tgan yilga nisbatan yengil avtomobillarning birlamchi avtomobil bozori 8,4%ga o‘sdi.

Shu bilan birga, oy davomida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan 23,5 mingta yengil avtomobillar sotildi, bu o‘tgan yilning fevral oyiga nisbatan 7,7%ga ko‘pdir.

Xorijda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar segmenti

Yil davomida xorijda ishlab chiqarilgan avtomobil bozori 15,6%ga o‘sdi. Fevral oyi oxiriga kelib, xorijda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi 2,7 mingtani tashkil etdi.

Elektromobillar bozoridagi vaziyat

Yil boshida boshlangan elektromobillarga qiziqish biroz pasayganiga qaramay, yil davomida yangi elektromobillar savdosi 3 barobar oshdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar