2021 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar yangi tashkil etildi?

2021 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar yangi tashkil etildi?

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yil 1 may holatiga respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 13,0 mingtani tashkil etib, ulardan 12,5 mingtasi faoliyat yuritmoqda.

Faoliyat kúrsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 557 taga oshgan.

Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:

Rossiya – 2 199 ta
Xitoy – 1 867 ta
Turkiya – 1 714 ta
Qozog‘iston – 991 ta
Koreya – 894 ta

Xorijiy kapital ishtirokida 2021 yilning yanvar-aprel oylarida yangi tashkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:

Turkiya – 164 ta
Rossiya – 119 ta
Xitoy – 94 ta
Qozog‘iston – 78 ta
Koreya – 28 ta

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar