2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Termiz hamda Qarshi davlat universitetlarida pedagogika ta’lim sohasi bo‘yicha qabul to‘xtatiladi

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Termiz hamda Qarshi davlat universitetlarida pedagogika ta’lim sohasi bo‘yicha qabul to‘xtatiladi

Termiz hamda Qarshi davlat universitetlarining Pedagogika institutlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarorlari (140, 141-son, 16.03.2021 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan Termiz hamda Qarshi davlat universitetlari pedagogika institutlarining asosiy vazifalari belgilandi.

Mazkur Institutlarda o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Termiz hamda Qarshi davlat universitetlarida pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul to‘xtatiladi.

O‘quvchilarni pedagogik kasbga yo‘naltirish maqsadida Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari yetakchi ta’lim muassasalarining 10 tasida quyidagilar tashkil etiladi:

3–4-sinf o‘quvchilari uchun “O‘qish va matematik savodxonlik bo‘yicha sinflar”;

8–9-sinf o‘quvchilari uchun “Matematik va tabiiy fanlar savodxonligi bo‘yicha sinflar”;

10–11-sinf o‘quvchilari uchun “Pedagogik sinflar”.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar