2021–2023 yillarda davlat organlari tomonidan 2 770 ta yengil tijorat avtotransport vositalari, maxsus va qishloq xo‘jaligi texnikalari xarid qilinadi

2021–2023 yillarda davlat organlari tomonidan 2 770 ta yengil tijorat avtotransport vositalari, maxsus va qishloq xo‘jaligi texnikalari xarid qilinadi

2021–2023 yillarda davlat organlari va korxonalari tomonidan yengil tijorat avtotransport vositalari, maxsus va qishloq xo‘jaligi texnikalarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar, ularning rasmiy dilerlari hamda distribyutorlaridan xarid qilish ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

Bu haqda 03.04.2021 yil qabul qilingan “Davlat organlari va korxonalarini yengil tijorat avtotransport vositalari, maxsus va qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarorida aytilgan.

Unga ko‘ra, 2021–2023 yillarda davlat organlari tomonidan jami 2 770 ta texnikalar xarid qilinadi va ushbu maqsadlar uchun 1,934 trln so‘m ajratiladi.

Texnikalar davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq sotib olinadi.

Viloyatlarga “Obod qishloq”va “Obod mahalla” dasturlari doirasida maxsus texnikalarni xarid qilish uchun hududiy obodonlashtirish boshqarmalariga 2021 yilda qo‘shimcha 108,8 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.

Tuman (shahar)lardagi ichki yo‘llar va markaz ko‘chalarini ta’mirlash hamda rekonstruksiya qilish uchun maxsus texnikalarni xarid qilish uchun Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga 2021 yilda qo‘shimcha 196,2 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar