2022 yil yanvar-iyun oylari davomida yalpi hududiy mahsulotning 75,5 foizi (2021 yil yanvar-iyunida 78,9 foiz) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.
Ushbu davr mobaynida kichik biznes sub’yektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 46,9 mln. AQSh dollarini yoki umumiy eksport hajmining 43,4% ini tashkil etdi.
2022 yil yanvar-iyun oylarida hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksportining jamiga nisbatan eng ko‘p ulushi Baxmal, Mirzacho‘l va Yangiobod tumanlarida – 100,0%, Paxtakor tumanida 99,7%, Sh.Rashidov tumanida – 66,9% ni, eng past ko‘rsatkich Zafarobod tumanida – 7,4%ni tashkil etdi.
Mazkur oylarda kichik biznes sub’yektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) importining hajmi 208,1 million AQSh dollarini yoki umumiy importning 86,4%ini tashkil etdi.
Shuningdek, ushbu davrda hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulotlar (ishlar va xizmatlar) importining jamiga nisbatan eng yuqori ulushi Baxmal, Mirzacho‘l, Sharof Rashidov va Yangiobod tumanlarida– 100,0%, Forish va G‘allaorol tumanlarida – 99,9%, Paxtakor tumanida – 90,3%, eng past ko‘rsatkich Zafarobod tumanida – 11,8% ni tashkil etdi.
2022 yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlari tomonidan:
- sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 2627,9 mlrd. so‘mni (jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishining 51,0 foizi) yoki 2021 yilning yanvar-iyuniga nisbatan 107,6 foizni tashkil qildi;
Jizzax viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan eng ko‘p sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi G‘allaorol (1 031,6 mlrd. so‘m), Jizzax shahar (595,0 mlrd. so‘m), Forish (196,1 mlrd. so‘m), Paxtakor (133,7 mlrd. so‘m), tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
- 1614,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari (qurilish ishlari umumiy hajmining 94 foizi) bajarildi va 2021 yilning yanvar-martiga nisbatan 105,9 foizga ko‘paydi;
- chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 4158,3 mlrd. so‘mni yoki umumiy chakana savdo tovar aylanmasining 82,7 % ini tashkil etib, 2021- yil yanvar-mart oylariga nisbatan 109,8% ga o‘sishi kuzatildi.
Jizzax viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan eng ko‘p savdo tovar aylanmasi hajmi Jizzax shahar (1209,7 mlrd. so‘m), Sh.Rashidov (742,8 mlrd. so‘m), Zomin (606,2 mlrd. so‘m), Baxmal (337,3 mlrd. so‘m), tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
- avtomobil transporti yuk aylanmasining 1,7 foizga (viloyat jami avtomobil transporti yuk aylanmasining 93,7 foizi), yo‘lovchi aylanmasining esa 1,2 foizga (umumiy yo‘lovchi aylanmasining 94,2 foizi) ko‘payishi ta’minlandi;
- 2186,8 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmining 59,0% ini tashkil qildi va o‘sish sur’ati 2021- yil yanvar-iyun oylariga nisbatan 110,0% ni tashkil qilgan.
Jizzax viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan eng ko‘p xizmatlar hajmi Jizzax shahar (548,2 mlrd. so‘m), Sh.Rashidov (396,7 mlrd. so‘m), G‘allaorol (242,4 mlrd. so‘m) va Zomin (220,5 mlrd. so‘m), tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Izoh qoldirish