2022 yil 9 oylik yakunlariga ko‘ra viloyat iqtisodiyoti asosiy tarmoqlari yuqori o‘sish sur’atlariga erishdi.
O‘tgan to‘qqiz oy yakunlariga ko‘ra yalpi hududiy mahsulot (YaHM) hajmi 12,8 trln.so‘mni, o‘sish sur’atlari 104,5%ni, YaHM tarkibidagi qishloq, xo‘jaligi ulushi 38,4%, sanoat ulushi 24%, qurilish ishlari ulushi 7,1%, xizmatlar ulushi 29,6%, tashkil etdi.
Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish o‘sish sur’atlari 128,3%, chakana savdo aylanmasi 106%, xizmatlar 114,4%ni tashkil etdi.
Ko‘pgina asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘sish sur’atlari bo‘yicha respublika o‘rtacha o‘sishdan yuqori. Jumladan, asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining o‘sishida 1-o‘rin, sanoat va iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hamda eksportda respublikada 3-o‘rinni egallagan.
O‘sish sur’atlari va ko‘rsatkichlar respublikada yuqoriligiga qaramasdan ba’zi ko‘rsatkichlarning respublika iqtisodiyotidagi ulushi pastligicha qolmoqda.
Jumladan, qishloq xo‘jaligi (3,3%), qurilish (2,2%), xizmatlar (1,5%), chakana savdo (1,5%) sohalarida respublikada 13-14-o‘rinlarda.
Izoh qoldirish