2022 yil 1 iyul holatiga ko‘ra Sirdaryo viloyatidagi mehnat resurslari soni 489 100 kishini, shundan iqtisodiy faol aholi soni 373 595 kishini, iqtisodiy nofaol aholi soni esa 115 505 kishini tashkil etgan. Iqtisodiy faol aholining 90,3%, ya’ni 337 303 kishi ish bilan band bo‘lgan.
Iqtisodiy faol aholining 9,7%, ya’ni 36 292 kishi ishsiz bo‘lgan.
Rasmiy sektorda band aholi soni 168 477 kishini yoki iqtisodiy faol aholining 45,1%ni tashkil etgan.
Norasmiy sektorda band aholi soni 133 082 kishini yoki iqtisodiy faol aholining 35,6%ni tashkil etgan.
Yaratilgan ish o‘rinlari soni 5 078 tani yoki jami iqtisodiy faol aholining 1%ni tashkil etgan.
Kichik biznesda band aholi soni 4 314 kishini yoki yaratilgan ish o‘rinlarining 85%ni tashkil etgan.
O‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ko‘rsatkichini shahar va tumanlar bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining yuqori miqdori Shirin shahrida 4 765,6 ming so‘mni (viloyatdagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 159,2%), Guliston shahrida 3 472,4 ming so‘mni (116%), Yangiyer shahrida 3 468,2 ming so‘mni (115,9%) tashkil etib, viloyatdagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan ko‘proq miqdorni tashkil etmoqda.
Boshqa hududlarga nisbatan Guliston tumanida 2 200,5 ming so‘mni (73,5%), Mirzaobod tumanida 2 273,6 ming so‘mni (76%), Oqoltin tumanida 2 531,2 ming so‘mni (84,6%), Sardoba tumanida 2 422,2 ming so‘mni (80,9%), tashkil etib, viloyatdagi o‘rtacha ish haqiga nisbatan kam miqdorga ega bo‘lmoqda.
Izoh qoldirish