2022 yil yanvar-iyun yakunlari bo‘yicha Jizzax viloyatida xizmatlar sohasining rivojlanish dinamikasi

2022 yil yanvar-iyun yakunlari bo‘yicha Jizzax viloyatida xizmatlar sohasining rivojlanish dinamikasi

2022 yil yanvar-iyun oylarida Jizzax viloyatida xizmatlar hajmi 3 706,5 mlrd. so‘mni tashkil etgan va 2021 yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 13,5 foizga oshgan. Viloyatning yalpi hududiy mahsuloti tarkibida xizmatlar sohasining ulushi 35 foizni tashkil etgan.

2022 yil yanvar-iyun oylarida xizmatlar sohasi tarkibida eng katta ulush savdo (29,9%), moliyaviy (25,7%) va transport (14,6%), xizmatlarga to‘g‘ri kelgan. Keyingi o‘rinlarni ta’lim xizmatlari (5,3%), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (5,1%) va turar joy va ovqatlanish xizmatlari (3,0%) egallagan.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2021 yilning shu davriga nisbatan 2022 yil yanvar-iyun oylarida barcha xizmat turlarining dinamikasida o‘sish sur’atlari kuzatildi. Ijara xizmatlari 37,2%, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 22,1%, moliyaviy xizmatlar 20,4%, savdo xizmatlari 12,7%, boshqa xizmatlar 12,7%, shaxsiy xizmatlar (sartarosh va go‘zallik saloni xizmatlari) 9,9%, turar joy va ovqatlanish xizmatlari 9,7%, ta’lim xizmatlari 7,8%, transport xizmatlari 6,3%, kompyuterlar, uy jihozlari, shaxsiy buyumlarni ta’mirlash xizmatlari 5,2%, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar va sog‘liqni saqlash xizmatlari 4,3%, me’morchilik, muhandislik tadqiqotlari, texnik sinov va tahlillar bo‘yicha xizmatlar 2,4% ga oshgan.

2022 yilning yanvar-iyun oylarida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining 42,3% Jizzax shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan. Hududda ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmidagi eng katta ulushlar bo‘yicha keyingi o‘rinlar Sh.Rashidov (13,0%), G‘allaorol (8,1%) va Zomin (8,0%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Shu bilan birga, hududda ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmida Yangiobod (1,0%), Zafarobod (1,7%) va Arnasoy (1,8%) tumanlarining o‘rni juda kam.

2022 yilning yanvar-iyun oylarida xizmatlar sohasida eng yuqori o‘sish sur’atlari Baxmal (123,5%), Jizzax shahri (116,7%) va Do‘stlik (116,5%) tumanlarida kuzatilgan.

Elyor Po‘latov,
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jizzax filiali yetakchi ilmiy xodimi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar