2022 yilda Qashqadaryo viloyatida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan fuqarolarni moddiy qo‘llab – quvvatlash

2022 yilda Qashqadaryo viloyatida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan fuqarolarni moddiy qo‘llab – quvvatlash

2023 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra jamg‘arma hisobidan viloyatda istiqomat qilayotgan 19 442 nafar fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatilgan bo‘lib, ajratilgan mablag‘larning umumiy miqdori 25 823,5 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Jumladan, operatsiya va davolanish hamda dori-darmon vositalari uchun 2954 nafar fuqarolarga (ajratilgan mablag‘larning 30,6%i), uy – joyini ta’mirlash, qurish qa qurilish materiallari uchun 350 nafar (7,8%), ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga oilaviy sharoitlarini yaxshilash uchun – 7217 nafar (45,2%), oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida to‘lov shartnomasiga ko‘maklashish uchun 162 nafar fuqarolarga (3,3%), oziq-ovqat, parranda va boshqa mahsulotlar xaridi uchun – 8759 nafar (13,1%) fuqarolarga yordam berildi.

Jamg‘armadan fuqarolarning operatsiya va davolanish hamda dori-darmon vositalari uchun ajratilgan mablag‘larning asosiy qismi G‘uzor (18%) va Ko‘kdala (17,3%) tumanlari, uy – joyini ta’mirlash, qurish qa qurilish materiallari Ko‘kdala (31,3%), Qarshi shahri (14,3%), ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga oilaviy sharoitlarini yaxshilash uchun Qarshi shahri (21,7%), Chiroqchi (11,4%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Furqat Islomov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Qashqadaryo filiali yetakchi ilmiy xodimi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar