2023 yil yanvar-mart oylarida yalpi hududiy mahsulot (YaHM) hajmi 3,8 trln.so‘mni, o‘sish sur’atlari 103,7%ni tashkil etdi.
YaHM tarkibida sanoat ulushi 2022 yilning mos davriga nisbatan 3,3 punktga oshib (38%) respublikada Navoiy viloyatidan keyin 2-o‘rinni egalladi.
YaHMda qishloq, xo‘jaligi ulushi 20% (-0,4), qurilish ishlari ulushi 7,4% (-0,4), xizmatlar ulushi 34,6% (-2,5), tashkil etdi.
Ayrim sohalarda yuqori o‘sish sur’atlari kuzatildi, jumladan, ekportda 37,9% (1-o‘rin), sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda 4,2% (2-o‘rin), iste’mol tovarlari ishlab chiqarish 24,4% (2-o‘rin), asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarda 27,4% (3-o‘rin) o‘sish sur’atlari qayd etildi.
Aholi jon boshiga asosiy kapitalga investitsiyalarda (4 777 ming.so‘m) 1-o‘rin, ekportda ($102,3) 4-o‘rin, sanoatda (4 273 ming.so‘m) 4-o‘rin, YaHMda (4 230 ming.so‘m), qishloq xo‘jaligida (1 433 ming.so‘m), qurilishda (706 ming.so‘m), xizmatlarda (1 497 ming.so‘m) 5-o‘rinda.
Viloyatda hisoblangan o‘rtacha oylik nominal ish haqi miqdori 3 422 ming so‘mni tashkil etdi. (Respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan 670 ming so‘mga kam, 8-o‘rin).
Joriy yil 1-choragida 663 ta yangi kichik biznes sub’yektlari tashkil etilib, ro‘yxatdan o‘tgan kichik biznes sub’yektlari soni 16 933 tani (2022 yil mos davriga nisbatan 109,8%) tashkil etib, ularning 67% yoki 11 401 tasi bugungi kunda faoliyat ko‘rsatmoqda.
Kichik biznes sub’yektlarining YaHMdagi ulushi 54,8%, sanoatda 31,3%, qishloq xo‘jaligida 98,4%, qurilishda 82%, chakana savdoda 92%ni tashkil etdi.
Izoh qoldirish