2023 yil yanvar-dekabr oylari davomida yalpi hududiy mahsulotning 63,6% (2022 yil yanvar-dekabrida 65,1%) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.
2023 yilning yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlari tomonidan:
- sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 4 753,5 mlrd. so‘mni (jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishining 31,3%i) tashkil qildi;
Sirdaryo viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan eng ko‘p sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi Sirdaryo tumani (1 354,2 mlrd. so‘m), Yangiyer shahar (912,6 mlrd. so‘m), Guliston shahar (567,3 mlrd. so‘m), Shirin shahri (512,7 mlrd. so‘m) hissasiga to‘g‘ri keladi.
- 2 973,4 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari (qurilish ishlari umumiy hajmining 76,2%i) bajarildi va o‘sish sur’ati 2022 yilning shu davriga nisbatan 104,4%ni tashkil etdi;
Sirdaryo viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi Guliston shahar (1014,7 mlrd. so‘m), Mirzaobod (683,1 mlrd. so‘m), Sirdaryo (410,2 mlrd. so‘m), Yangiyer shahri (209,9 mlrd. so‘m), Guliston (125,7 mlrd. so‘m), Sardoba (110,6 mlrd. so‘m), Oqoltin tumanlari (79,3 mlrd. so‘m) hissasiga to‘g‘ri keladi.
- kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 11 350,3 mlrd. so‘mni yoki jami investitsiya hajmining 73,9%ni, o‘sish sur’ati 2022 yilning shu davriga nisbatan 110,1% ni tashkil etdi.
Sirdaryo viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan eng ko‘p asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi Boyovut (7 478,8 mlrd. so‘m), Sirdaryo (1 136,2 mlrd. so‘m), Guliston shahar (707,0 mlrd. so‘m), Mirzaobod (632,9 mlrd. so‘m), Yangiyer shahar (628,5 mlrd. so‘m), Sardoba (176,5 mlrd. so‘m) tumanlari va Shirin shahri (173,8 mlrd. so‘m) hissasiga to‘g‘ri keladi.
- 13 319,0 mlrd. so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarildi yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 90,8%ini va o‘sish sur’ati 2022 yil yanvar-dekabr oylariga nisbatan 113,0%ni tashkil qilgan.
Sirdaryo viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan eng ko‘p qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi Boyovut (1995,8 mlrd. so‘m), Sayhunobod (1820,9 mlrd. so‘m), Xovos (1794,2 mlrd. so‘m) Sirdaryo (1752,2 mlrd. so‘m) va Guliston (1611,7 mlrd. so‘m) hamda Oqoltin tumanlari (1335,4 mlrd. so‘m) hissasiga to‘g‘ri keladi.
- chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 4 907,7 mlrd. so‘mni yoki umumiy chakana savdo tovar aylanmasining 93,4%ni tashkil etib, 2022 yilning shu davriga nisbatan 107,3%ga o‘sishi kuzatildi.
Sirdaryo viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan eng ko‘p savdo tovar aylanmasi hajmi Guliston shahar (1820,2 mlrd. so‘m), Sirdaryo (996,9 mlrd. so‘m), Yangiyer shahar (469,3 mlrd. so‘m), Mirzaobod (348,7 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
- 3111,2 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmining 51,0%ini tashkil qildi va o‘sish sur’ati 2022 yil yanvar-dekabr oylariga nisbatan 108,3%ni tashkil qilgan.
Sirdaryo viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan eng ko‘p xizmatlar hajmi Guliston shahar (889,0 mlrd. so‘m), Sirdaryo (570,3 mlrd. so‘m), Yangiyer shahri (344,9 mlrd. so‘m) va Mirzaobod (242,2 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Ushbu davr mobaynida kichik biznes sub’yektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 211,2 mln. AQSh dollarini yoki umumiy eksport hajmining 63,4%ini tashkil etdi.
2023 yilning yanvar-dekabr oylarida hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksportining jamiga nisbatan eng ko‘p hajmi Yangiyer shahri (105,4 mln. doll.), Sirdaryo (31,5 mln. doll.), Sayxunobod (21,0 mln. doll.), Boyovut (20,4 mln. doll.), eng past ko‘rsatkich Guliston tumanida (0,2 mln. doll.) kuzatildi.
Mazkur oylarda kichik biznes sub’yektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) importining hajmi 380,4 mln AQSh dollarini yoki umumiy importning 73,7%ini tashkil etdi.
Izoh qoldirish