2023 yil yanvar-sentyabr oylari davomida yalpi hududiy mahsulotning 65,5% (2022 yil yanvar-sentyabrida 66,6%) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.
Ushbu davr mobaynida kichik biznes sub’yektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 160,8 mln. AQSh dollarini yoki umumiy eksport hajmining 63,2% ini tashkil etdi.
2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksportining jamiga nisbatan eng ko‘p ulushi Shirin shahrida – 100,0%, Sardoba – 99,0%, Yangiyer – 97,4%, Oqoltin – 95,9%, Xovos - 80,9%, Sayxunobod - 65,3%, Boyovut – 64,7%, Sirdaryo tumanlarida – 36,0% kuzatilgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Guliston tumanida – 1,6%ni tashkil etdi.
Mazkur oylarda kichik biznes sub’yektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) importining hajmi 260,4 mln AQSh dollarini yoki umumiy importning 70,7%ini tashkil etdi.
Shuningdek, ushbu davrda hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulotlar (ishlar va xizmatlar) importining jamiga nisbatan eng yuqori ulushi Sardoba tumanida – 100,0%, Yangiyer shahrida – 99,6%, Guliston – 99,3%, Oqoltin – 98,9%, Sayhunobod tumanlarida - 98,7% kuzatilgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Hovos tumanida – 15,5%ni tashkil etdi.
2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlari tomonidan:
- sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 3 398,0 mlrd. so‘mni (jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishining 31,8%i) tashkil qildi;
Sirdaryo viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan eng ko‘p sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi Sirdaryo tumani (997,8 mlrd. so‘m), Yangiyer shahar (555,8 mlrd. so‘m), Guliston shahar (431,7 mlrd. so‘m), Shirin shahri (372,3 mlrd. so‘m) hissasiga to‘g‘ri keladi.
- 2 233,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari (qurilish ishlari umumiy hajmining 83,6%i) bajarildi va o‘sish sur’ati 2022 yilning shu davriga nisbatan 107,0%ni tashkil etdi;
Sirdaryo viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi Mirzaobod (572,7 mlrd. so‘m), Yangiyer (151,9 mlrd. so‘m), Sardoba (97,6 mlrd. so‘m), Guliston (78,9 mlrd. so‘m), Xovos (67,4 mlrd. so‘m) tumanlari va Guliston shahar (67,4 mlrd. so‘m) hamda Oqoltin tumani (57,0 mlrd. so‘m) hissasiga to‘g‘ri keladi.
- kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 7 234,3 mlrd. so‘mni yoki jami investitsiya hajmining 79,0%ni, o‘sish sur’ati 2022 yilning shu davriga nisbatan 93,0% ni tashkil etdi.
Sirdaryo viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan eng ko‘p asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi Boyovut (5 061,8 mlrd. so‘m), Sirdaryo (768,3 mlrd. so‘m), Guliston shahar (357,8 mlrd. so‘m), Yangiyer shahar (348,3 mlrd. so‘m), Mirzaobod (305,0 mlrd. so‘m), Shirin shahri (105,1 mlrd. so‘m) hamda Sayhunobod (90,1 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
- 9 836,9 mlrd. so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarildi yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 96,9%ini va o‘sish sur’ati 2022 yil yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 105,2%ni tashkil qilgan.
Sirdaryo viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan eng ko‘p qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi Sayhunobod (1511,6 mlrd. so‘m), Boyovut (1484,8 mlrd. so‘m), Sirdaryo (1316,8 mlrd. so‘m), Oqoltin (1113,1 mlrd. so‘m) va Xovos (1107,4 mlrd. so‘m) hamda Guliston (1099,1 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
- chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 3 042,1 mlrd. so‘mni yoki umumiy chakana savdo tovar aylanmasining 92,2%ni tashkil etib, 2022 yilning shu davriga nisbatan 104,7%ga o‘sishi kuzatildi.
Sirdaryo viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan eng ko‘p savdo tovar aylanmasi hajmi Guliston shahar (1120,3 mlrd. so‘m), Sirdaryo (632,6 mlrd. so‘m), Yangiyer shahar (294,0 mlrd. so‘m), Mirzaobod (217,7 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
- 2194,9 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmining 50,4%ini tashkil qildi va o‘sish sur’ati 2022 yil yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 106,0%ni tashkil qilgan.
Sirdaryo viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan eng ko‘p xizmatlar hajmi Guliston shahar (623,7 mlrd. so‘m), Sirdaryo (402,6 mlrd. so‘m), Yangiyer shahri (243,3 mlrd. so‘m) va Mirzaobod (170,6 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Elyor Pulatov,
Iqtisodiy islohotlar va tadqiqotlar markazi, Jizzax filiali bosh ilmiy xodimi
Izoh qoldirish