2024 yil yanvar-sentyabr oylarida Jizzax viloyatida kichik tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati tahlil qilindi

2024 yil yanvar-sentyabr oylarida Jizzax viloyatida kichik tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati tahlil qilindi

2024 yil yanvar-sentyabr oylari davomida yalpi hududiy mahsulotning 74,1% (2023 yil yanvar-sentyabrida 74,7%) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.

2024 yilning yanvar-sentyabr oylarida kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlari tomonidan:

- sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 5 224,1 mlrd. so‘mni (jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishining 27,9%i) tashkil qildi;

Jizzax viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan eng ko‘p sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi Jizzax shahar (1 774,1 mlrd. so‘m), Forish (508,1 mlrd. so‘m), Sh.Rashidov (484,4 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelsa, eng kam – Yangiobod (65,7 mlrd. so‘m) tumani hissasiga to‘g‘ri keladi.

- 4 084,0 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari (qurilish ishlari umumiy hajmining 89,4%i) bajarildi va 2023 yilning shu davriga nisbatan 108,8%ga ko‘paydi;

Jizzax viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan eng ko‘p amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi Jizzax shahar (1 479,1 mlrd. so‘m), Sh.Rashidov (505,2 mlrd. so‘m), Zomin (251,3 mlrd. so‘m), G‘allaorol (159,1 mlrd. so‘m), Paxtakor (129,5 mlrd. so‘m), Forish (127,7 mlrd. so‘m), Baxmal (106,3 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

- 20 ,0 trln. so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarildi yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 98,8%ini tashkil qildi va o‘sish sur’ati 2023 yil yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 104,2%ni tashkil qilgan.

Jizzax viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan eng ko‘p qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi G‘allaorol (3 062,4 mlrd. so‘m), Baxmal (3 024,4 mlrd. so‘m), Zomin (1938,3 mlrd. so‘m), Sh.Rashidov (1 894,2 mlrd. so‘m), Do‘stlik (1652,5 mlrd. so‘m) va Zarbdor (1450,0 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

- chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 6 520,8 mlrd. so‘mni yoki umumiy chakana savdo tovar aylanmasining 94,3%ni tashkil etib, 2023 yilning shu davriga nisbatan 108,2%ga o‘sishi kuzatildi.

Jizzax viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan eng ko‘p chakana savdo tovar aylanmasi hajmi Jizzax shahar (1473,8 mlrd. so‘m), Sh.Rashidov (775,1 mlrd. so‘m), G‘allaorol (756,5 mlrd. so‘m), Zomin (634,7 mlrd. so‘m), Baxmal (613,8 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

- 9 982,3 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmining 72,8%ini tashkil qildi va o‘sish sur’ati 2023 yil yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 113,1%ni tashkil qilgan.

Jizzax viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan eng ko‘p xizmatlar hajmi Jizzax shahar (2 108,1 mlrd. so‘m), Sh.Rashidov (907,4 mlrd. so‘m), G‘allaorol (529,2 mlrd. so‘m) va Zomin (461,9 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga, eng kam xizmatlar hajmi esa Yangiobod (45,0 mlrd. so‘m), Zafarobod (106,2 mlrd. so‘m), Mirzacho‘l (118,3 mlrd. so‘m) hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ushbu davr mobaynida kichik biznes sub’yektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 83,0 mln. AQSh dollarini yoki umumiy eksport hajmining 55,5% ini tashkil etdi.

2024 yil yanvar-sentyabr oylarida hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksportining jamiga nisbatan eng ko‘p hajmi Jizzax (17,1 mln. doll.), Zarbdor (11,4 mln. doll.), Paxtakor (10,7 mln. doll.), Sh.Rashidov (7,8 mln. doll.), Baxmal (6,4 mln. doll.), Arnasoy (6,2 mln. doll.), Mirzacho‘l (5,9 mln. doll.), Zomin (5,6 mln. doll.) tumanlarida kuzatilgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Do‘stlik tumanida – 599,0 ming doll.ni tashkil etdi.

Mazkur oylarda kichik biznes sub’yektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) importining hajmi 346,8 mln AQSh dollarini yoki umumiy importning 26,6%ini tashkil etdi.

Elyor Pulatov
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar