2024 yil yanvar-iyun oylari davomida yalpi hududiy mahsulotning 68,3% (2023 yil yanvar-iyunida 68,9%) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.
2024 yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlari tomonidan:
- sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 2 976,3 mlrd. so‘mni (jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishining 26,0%i) tashkil qildi;
Jizzax viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan eng ko‘p sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi Jizzax shahar (1 157,1 mlrd. so‘m), Sh.Rashidov (348,6 mlrd. so‘m), Forish (260,7 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelsa, eng kam – Yangiobod (50,7 mlrd. so‘m) tumani hissasiga to‘g‘ri keladi.
- 2 065,0 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari (qurilish ishlari umumiy hajmining 91,9%i) bajarildi va 2023 yilning shu davriga nisbatan 107,1%ga ko‘paydi;
Jizzax viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan eng ko‘p amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi Jizzax shahar (1 013,5 mlrd. so‘m), Sh.Rashidov (360,1 mlrd. so‘m), Zomin (150,3 mlrd. so‘m), G‘allaorol (110,3 mlrd. so‘m), Paxtakor (82,7 mlrd. so‘m), Forish (90,8 mlrd. so‘m), Baxmal (77,3 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
- 9 996,0 mlrd. so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarildi yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 98,9%ini tashkil qildi va o‘sish sur’ati 2023 yil yanvar-iyun oylariga nisbatan 104,1%ni tashkil qilgan.
Jizzax viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan eng ko‘p qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi Baxmal (1 252,6 mlrd. so‘m), G‘allaorol (1 225,8 mlrd. so‘m), Zomin (977,1 mlrd. so‘m), Sh.Rashidov (1 038,9 mlrd. so‘m), Do‘stlik (855,6 trln. so‘m) va Paxtakor (666,2 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
- chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 4 366,6 mlrd. so‘mni yoki umumiy chakana savdo tovar aylanmasining 95,6%ni tashkil etib, 2023 yilning shu davriga nisbatan 107,7%ga o‘sishi kuzatildi.
Jizzax viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan eng ko‘p chakana savdo tovar aylanmasi hajmi Jizzax shahar (959,1 mlrd. so‘m), Sh.Rashidov (734,5 mlrd. so‘m), G‘allaorol (500,3 mlrd. so‘m), Zomin (447,1 mlrd. so‘m), Baxmal (436,2 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
- 3 649,1 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmining 60,3%ini tashkil qildi va o‘sish sur’ati 2023 yil yanvar-iyun oylariga nisbatan 111,8%ni tashkil qilgan.
Jizzax viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan eng ko‘p xizmatlar hajmi Jizzax shahar (1 316,8 mlrd. so‘m), Sh.Rashidov (576,5 mlrd. so‘m), G‘allaorol (337,7 mlrd. so‘m) va Zomin (293,8 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga, eng kam xizmatlar hajmi esa Yangiobod (28,8 mlrd. so‘m), Zafarobod (68,5 mlrd. so‘m), Arnasoy (79,5 mlrd. so‘m) hissasiga to‘g‘ri keladi.
Ushbu davr mobaynida kichik biznes sub’yektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 49,2 mln. AQSh dollarini yoki umumiy eksport hajmining 50,2% ini tashkil etdi.
2024 yil yanvar-iyun oylarida hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksportining jamiga nisbatan eng ko‘p hajmi Jizzax (9,0 mln. doll.), Baxmal (8,3 mln. doll.), Paxtakor (6,7 mln. doll.), Zarbdor (5,3 mln. doll.), Mirzacho‘l (3,6 mln. doll.), Zomin (3,4 mln. doll.), Arnasoy (3,1 mln. doll.) tumanlarida kuzatilgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Do‘stlik tumanida – 15,7 ming doll.ni tashkil etdi.
Mazkur oylarda kichik biznes sub’yektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) importining hajmi 304,3 mln AQSh dollarini yoki umumiy importning 33,2%ini tashkil etdi.
Farrux Saibov
Izoh qoldirish