Ishchi guruhlari tomonidan tumandagi 22 ta mahallada 15 099 ta xonadon, 2 150 ta ijtimoiy va boshqa soha ob’yektlari o‘rganildi.
Tuman aholisi orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasi bo‘yicha asosiy muammolar suv, gaz va elektr ta’minoti, ichki yo‘llar holati, maktabgacha ta’lim, transport xizmati sohalarida mavjud ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Tuman aholisi uchun dolzarb muammolarni hal etish maqsadida qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, viloyat hokimligi tomonidan og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash, yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish, hududda qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, kam ta’minlangan aholiga moddiy yordam ko‘rsatish uchun 1,8 mlrd. so‘m mablag‘ ajratildi;
“Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida tavsiyalar asosida 44 nafar fuqaroga 1,3 mlrd. so‘m imtiyozli kreditlar ajratildiyu Hokim yordamchilari tavsiyalari asosida 44 nafar fuqaroga 1,3 mlrd. so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi, 78 nafar fuqaroga 276,0 mln. so‘m miqdorida subsidiya asosida uch turdagi (tikuv mashinasi, motokultivator, elektr pech) mahsulotlar subsidiya asosida yetkazib berildi. Ikki yuzga yaqin tadbirkorlarga 6,7 mlrd. so‘m kredit ajratilishida yordam ko‘rsatildi.
“Yoshlar daftari” ro‘yxatidagi 78 nafar yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish uchun 234,4 mln. so‘m mablag‘ ajratildi. Jumladan, 51 nafar yoshlarga kontrakt-shartnoma to‘lovlari to‘landi (127,5 mln. so‘m), 25 nafar yoshlarga mehnat qurollari va asbob-uskunalar uchun subsidiya ajratildi (102,7 mln. so‘m).
“Ayollar daftari” ro‘yxatidagi 100 nafar xotin-qizlarga 70,5 mln. so‘m miqdorida yordam ko‘rsatildi. Jumladan, 97 nafar xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi.
Ikki yuzdan ziyod fuqarolarning bandligini ta’minlashga ko‘maklashildi. Shundan, 93 nafar ishsiz fuqarolar doimiy ishga, 47 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishiga joylashtirildi, 42 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitildi, 22 nafariga ishsizlik nafaqasi tayinlandi. 585 nafar fuqarolar o‘zini o‘zi band qilish bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Yetti yuzga yaqin ehtiyojmand oilalarga 1 mlrd so‘mlik qurilish materiallari, chorva mollari olib berildi va boshqa homiylik yordamlari ko‘rsatildi. Shundan, 21 nafar ehtiyojmand oilalar uy-joylarini ta’mirlash, qurilish materiallari olib berish uchun mahalliy byudjet hamda homiylik mablag‘lari hisobidan 693,5 mln. so‘m ajratildi.
Ta’lim sohasi ham Respublika ishchi guruhi e’tibori markazida bo‘ldi. O‘nta maktabga 22 ta isitish qozonlari o‘rnatildi, 8 tasida isitish tizimi ta’mirlandi. Uch ta umumta’lim maktablariga quyosh panellari o‘rnatildi, 4 ta ta’lim muassasasiga elektron monitorlar, badiiy kitoblar va sport anjomlari topshirildi. Tumandagi maktablarga 6 turdagi sport jihozlari yetkazib berildi.
To‘qson km.ga yaqin ichki yo‘llar shag‘allashtirildi, 6,3 km suv tarmog‘i qurish ishlari boshlandi, 246,8 tonna qo‘shimcha suyultirilgan gaz va 159 tonna ko‘mir yetkazildi, yangi 228 ta temir beton ustunlar, 6 dona transformator o‘rnatildi, 12 tasi ta’mirlandi, 4,5 km tarmoq tortildi. ;
Tuman aholisi uchun 4 ta sektorda respublika, viloyat, tuman tashkilotlari, sektorlar rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabullar tashkil etildi. Jami 264 nafar fuqarolarning 398 ta masalasi ko‘rib chiqildi. Ko‘rib chiqilgan masalalarning 97 tasi (24,3%) joyida hal etildi, 161 tasi (40,4%) bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi, 140 tasi nazoratga olindi. Fuqarolar asosan gaz, elektr, ichimlik suvi ta’minoti, ichki yo‘llar, bandlik masalalarida murojaat qilgan.
Bir so‘z bilan aytganda, tumanda aniqlangan 1 020 ta muammodan 843 tasi (83%), ijtimoiy va boshqa ob’yektlarda aniqlangan 2 078 ta muammodan 66 tasi (3%) hal etildi, qolgan 2 189 ta masala ko‘rib chiqilishi nazoratga olinib, aniq moliyalashtirish manbalari, ijro muddatlari va mas’ul ijrochilar belgilangan holda “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi va nazoratga olindi.
Izoh qoldirish