Aholidan kelib tushgan murojaatlardagi muammolarni hal etish maqsadida qator amaliy ishlar bajarildi.
Jumladan, ijtimoiy infratuzilma holatini yaxshilash uchun elektr ta’minotida 168,1 km yangi tarmoqlar tortildi, 43 ta transformator, 144 ta temir-beton tayanchlar o‘rnatildi, 6,8 km tarmoq tortish uchun transheya qazildi. Undan tashqari shahar bo‘yicha 32,0 km eskirgan ichimlik suv tarmoqlarini mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Markaziy bank tomonidan Olmazor tumani aholisiga qulay sharoitlar yaratish, kam taminlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalardagi hududlarni tartibga keltirish va boshqa rejalashtirilgan tadbirlar uchun jami 2,5 mlrd. so‘m miqdorida homiylik mablag‘lari ajratildi. “Temir daftar”ga kiritilgan oilalardan 13 nafariga tijorat banklari tomonidan 30,9 mln. so‘m miqdorida homiylik yordami ko‘rsatildi.
Sog‘liqni saqlash, ta’lim, yoshlar masalalari ham Ishchi guruh e’tibori markazida bo‘ldi. Xususan, 110 846 nafar fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Kasallik aniqlangan 4 877 nafar bemor shahar shifoxonalariga yotqizildi, 456 nafariga respublika muassasalarida davolanish uchun yo‘llanma berildi. 72 nafar bemorda yuqori texnologik amaliyot o‘tkazildi. 349 nafar fuqaroga nogironlik guruhi belgilandi.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan Uchtepa tumani “Tepaqo‘rg‘on”, “Tinchlikobod”, “Diyorobod” mahallalari, “Lutfiy” sayilgohi, 2, 193, 297, 312-sonli umumta’lim maktablarida madaniy, sport tadbirlari tashkil etildi. “Katta Cho‘ponota” mahallasidagi sport maktabiga sport anjomlari topshirildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj 18 nafar oilalarga homiylik yordamlari ko‘rsatildi.
Bundan tashqari, Toshkent shahridagi Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan sektorlar rahbarlarining 84 ta ommaviy sayyor qabullari tashkil etildi. Qabullar davomida jami 726 nafar fuqarolarning 753 ta masalalari ko‘rib chiqilgan. 231 tasi ijobiy hal etilgan, 394 tasi bo‘yicha tushuntirish berilgan, 128 tasi qo‘shimcha o‘rganish uchun vaqt talab etganligi sababli nazoratga olindi.
Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda.
Izoh qoldirish