Respublika ishchi guruhi Qashqadaryoda ommaviy qabul o‘tkazdi

Respublika ishchi guruhi Qashqadaryoda ommaviy qabul o‘tkazdi

Xonadonbay o‘rganishlar doirasida ishchi guruh vakillari joylarda aholi bilan muloqotlar, ommaviy qabullar o‘tkazib kelmoqda. Ana shunday qabullardan biri kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari U.Muhammadiyev boshchiligida Prezident Xalq qabulxonalari, sektor rahbarlari hamda vazirlik va idoralarning mutasaddilari ishtirokida Chiroqchi tumanida tashkil etildi.

Tadbir avvalida U.Muhammadiyev ommaviy qabulda fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan har bir murojaat tegishli tartibda qonuniy yechimini topishi, ushbu muloqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad – aholini qiynayotgan muammolarni bartaraf etish, ularni rozi qilishdan iborat ekanligini ishtirok etayotgan mas’ullar uchun alohida qayd etdi.

Qabulda Chiroqchi va Ko‘kdala tumanlari fuqarolari o‘z muammolari bilan murojaat qildi. Ellikdan ziyod murojaatlar asosan ish bilan ta’minlash, sog‘liqni saqlash muassasalarida davolanish, kam ta’minlangan oilalarning uy-joyni ta’mirlash, tahsil olayotgan yoshlarning kontrakt to‘lovlarida yordam berish hamda ijtimoiy holati og‘ir bo‘lgan fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatish kabi qator masalalar bilan bog‘liq bo‘ldi.

Natijada, yigirmadan ziyod talabalarga o‘quv yilining ikkinchi yarim yilligi uchun kontrakt shartnomasida ko‘rsatilgan mablag‘lar to‘lab berildi, besh kishiga davolanish uchun markaziy tibbiyot muassasalariga bepul yo‘llanmalar ajratildi, uchun nafar fuqaroning uy-joyi ta’mirlanishi uchun homiylik asosida yordam ko‘rasatiladigan bo‘ldi.

Tadbirlar doirasida mehnat yarmarkasi ham tashkil etilib, o‘sha kunning o‘zidayoq o‘nlab yoshlar va xotin-qizlar muqim ish joyiga ega bo‘ldi.

Bundan tashqari, qabul davomida joylarda yo‘l, suv, suyultirilgan gaz, elektr ta’minoti kabi sohalarga tegishli bo‘lgan muojaatlar ham kelib tushdi. Mazkur murojaatlar Respublika ishchi guruhi vakillari tomonidan bevosita joyga chiqib o‘rganildi va aksariyatiga o‘sha yerning o‘zida yechim topildi.

Respublika ishchi guruhi bu kabi qabullarni Qashqadaryo viloyatining boshqa tumanlartda ham davom ettirmoqda.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar