Guruh faoliyati «Oqqo‘rg‘on tajribasi»dan kelib chiqib, muammolar mahallalar kesimida uyma-uy, “xonadonbay” o‘rganishlar asosida olib borildi.
O‘n yettita vazirlik va idoralar, viloyat, tuman sektorlari, sohaviy tashkilotlari rahbarlari va vakillari ishtirokida ishchi guruhlar va tezkor shtablar tuzilib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat va mavjud tizimli muammolar har tomonlama tahlil qilindi.
O‘rganishlarning natijasida shu ma’lum bo‘ldiki, tuman aholisining asosiy qismi elektr energiyasidagi uzilishlar, transport xizmatidan, gaz ta’minoti pastligi, ichimlik suvi ta’minoti va ichki yo‘llar holatidan qoniqmasligi ma’lum bo‘ldi.
O‘rganishlar natijalari bo‘yicha hududda aholi uchun dolzarb muammolarni hal etish maqsadida qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, tumandagi ijtimoiy infratuzilma holatini yaxshilash uchun tumandagi 97,5 km ichki yo‘llar shag‘allashtirildi, 70,4 km gaz quvurlari ta’mirlandi, 2 ming tonnaga yaqin qo‘shimcha suyultirilgan gaz, 500 tonna qo‘shimcha ko‘mir yetkazildi, 7 ta yangi transformator o‘rnatildi, 8,5 km yangi elektr tarmog‘i tortildi, 19 ta transformatordan chiquvchi 2,9 km simlar almashtirildi, 259 dona yangi beton ustunlar o‘rnatildi.
Shu bilan birga tuman aholisi turmush darajasini oshirish maqsadida, “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida 235 nafar fuqarolarga 6,6 mlrd. so‘m imtiyozli kredit mablag‘i ajratildi, 320dan ziyod tadbirkor va fuqarolarga 12,4 mlrd. so‘m kredit mablag‘i berildi. Tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida qo‘shimcha 16 mlrd. so‘m kredit resursi ajratilishi ta’minlandi. 139 nafar ishsiz fuqarolarga bepul asbob-uskuna, tikuv mashinasi, pishiriq pechi, inkubator, sug‘orish vositalari v h.k. yetkazib berildi.
Aholi bandligi masalasi ham Respublika ishchi guruhining e’tibor markazida bo‘ldi. Bir ming ikki yuzdan ziyod fuqarolarning bandligiga ko‘maklashildi. Jumladan, 722 nafar ishsiz fuqarolar doimiy ishga joylashtirildi, 158 nafari kasb-hunarga o‘qitishga yo‘naltirildi, 101 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishiga jalb etildi, 208 nafari o‘zini o‘zi band qilishi bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarka” orqali 96 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi.
O‘rganishlar davomida ta’lim maskanlarida aniqlangan kamchiliklar ham bartaraf etildi. Oltita maktabga 91 mln. so‘mlik badiiy adabiyotlar to‘plami va sport anjomlari tarqatildi. Uchta maktabga 345 mln. so‘mlik quyosh panellari olib kelinib, o‘rnatish ishlari boshlandi.
Joylarda aholi ijtimoiy muhofazasi ham asosiy masalalardan biri bo‘ldi. 100 nafar “Ayollar daftari”ga kiritilganlarga 1,2 mln. so‘mdan moddiy yordam ko‘rsatildi, 28 nafar fuqarolarga dehqonchilik bilan shug‘ullanishlari uchun 50 sotixdan yer maydonlarini auksion orqali sotib olishida amaliy yordam ko‘rsatildi, 21 nafar fuqaroning uy-joyini ta’mirlash ishlari yakunlandi, 9 nafarini uy-joylarini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. “Temir, Ayollar va Yoshlar” daftaridagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, jami 212 nafar fuqarolarga 945 mln so‘mlik subsidiyalar tarqatildi.
Umuman olganda, Respublika ishchi guruhi tomonidan aniqlangan 7 mingdan ziyod muammolarning 4 mingdan ziyodi joyida hal etildi, qolganlari bo‘yicha aniq moliyalashtirish manbalari, ijro muddatlari va mas’ul ijrochilar belgilangan holda “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi va nazoratga olindi.
Izoh qoldirish