Alipasha Ahmedov: 2020 yilda issiqlik tarmoqlarini 100 darajagacha yuqori haroratda sinashga erishildi

Alipasha Ahmedov: 2020 yilda issiqlik tarmoqlarini 100 darajagacha yuqori haroratda sinashga erishildi

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi matbuot kotibi Alipasha Ahmedov 2020 yilda issiqlik tarmoqlarini 100 darajagacha yuqori haroratda sinashga erishilganligi to‘g‘risida ma’lum qildi.

Issiqlik ta’minoti ob’yektlarini 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida:

  • respublikamiz hududlaridagi jami 3 212 ta ko‘p kvartirali uylarni mukammal va joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi;
  • 50 ta markaziy va 87 ta lokal qozonxona, 852 ta qozon, 990,3 km issiqlik tarmoqlari hamda 472 dona nasos uskunasi mukammal va joriy ta’mirlandi;
  • issiqlik energiyasining yo‘qotishlarini kamaytirish uchun 100 kilometrdan ortiq issiqlik tarmoqlari qayta izolyasiya qilindi;
  • 10 km dan ziyod turli diametrdagi quvurlar, zulfinlar (zadvijka), 11 ming tonna mazut yoqilg‘isi, 600 tonna sulfat kislota, 350 tonna texnik tuz, 90 tonna IOMS (ingibitor soleotlojeniy), 3,5 ming tonna ko‘mir hamda boshqa ehtiyot qismlari zahirasi yaratildi;
  • Issiqlik tarmoqlarini yuqori harorat ostida sinash ishlari 2019 yilda 90 darajagacha ko‘tarilgan bo‘lsa, 2020 yilda haroratni 100 darajagacha ko‘tarishga erishildi. Natijada, issiqlik ta’minoti tizimida 500 ga yaqin nosozliklar aniqlanib, bartaraf etildi;
  • Bugungi kunda respublikadagi mavjud 497 dona markaziy va lokal qozonxonadagi 1 471 dona qozon hamda 2,5 ming kilometrdan ortiq issiqlik tarmoqlari orqali 14 mingga yaqin ko‘p kvartirali uylar hamda 1 465 ta ijtimoiy soha ob’yektlari va 1 756 ta boshqa ob’yektlarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlanmoqda.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar