Alisher Usmonov koronavirusga qarshi dori topilsa, O‘zbekistonga o‘zi pulini to‘lab olib kelmoqchi

Alisher Usmonov koronavirusga qarshi dori topilsa, O‘zbekistonga o‘zi pulini to‘lab olib kelmoqchi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 aprel kuni koronavirus tarqalishi va uning oqibatlariga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Yig‘ilishda Prezident asli o‘zbekistonlik rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning O‘zbekistonga ko‘rsatayotgani yordami haqida to‘xtalib o‘tdi.

«O‘zbekiston farzandi Alisher Burhonovich Usmonovga alohida rahmat demoqchiman. 20 million dollar pul o‘tkazib berdi. Yangi O‘zbekistonga birinchi kundan boshlab juda katta ko‘mak, yelkadosh, madadkor bo‘lyapti. Shu kunlarda o‘zlari ham O‘zbekistonda. Qaysi davlatda koronavirusga qarshi yangi dori topilsa, xalqim uchun o‘zim pulini to‘lab olib kelib beraman, deb aytyapti. Shunday yordamlari uchun xalqimiz nomidan alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyevning qo‘shimcha qilishicha, Navoiy viloyatidagi klasterlardan birining rahbari kuni kecha O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasiga 500 ming dollar naqd pul olib kelgan. «Mana shu xalqimga, o‘zbek xalqimga, deb. Mana qanday farzandlarimiz bor», dedi O‘zbekiston Prezidenti.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar