O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralarining o‘zgarishi tahlili: Oltin zaxiralari sof hajmi 8,1 tonnaga oshdi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralarining o‘zgarishi tahlili: Oltin zaxiralari sof hajmi 8,1 tonnaga oshdi

O‘zbekistonning rasmiy oltin-valyuta zaxiralari hajmi 584,2 mln. dollarga (yoki 34,9 mlrd. dollardan 34,3 mlrd. dollargacha) kamaydi.

Joriy yilning yanvar oyi uchun oltin zaxiralari hajmi 66,5 mln. dollarga ko‘paydi. Ta’kidlash kerakki, oltin zaxiralari o‘zgarishini hisobganda ikkita omilga e’tibor berish lozim: oltin sof hajmining o‘zgarishi va jahon bozorida oltin narxining o‘zgarishi. 1 fevral holatiga ko‘ra oltin zaxiralarining sof hajmi yil boshidan beri 8,1 tonnaga (yoki 0,26 million troy unsiyaga) oshdi va bu oltin-valyuta zaxiralarining 482 mln. dollarga ko‘payishiga yordam berdi.

1-rasm. O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralarining o‘zgarishi mln. doll.

Manba: Markaziy bank ma’lumotlari asosida hisob-kitoblar

Biroq, joriy yilning yanvar oyi oxirida jahon bozorida oltin narxi yil boshiga nisbatan pasaydi. 2021 yil 29 yanvar London vaqti bilan soat 15:00 holatiga London oltin bozorida 1 troy unsiya oltin narxi 1863,8 dollarni tashkil etdi va shu yilning 4 yanvariga (1943,2 dollar) nisbatan 4,1 foizga kamaydi. Shuning uchun oltin narxining pasayishi natijasida oltin zaxiralari sof hajmi qoldiqlarini qayta baholash oltin-valyuta zaxiralarining 415 mln. dollarga pasayishiga olib keldi.

2-rasm. London oltin bozoridagi oltin narxi

(London vaqti bilan soat 15:00 holatiga, AQSh dollari)

Manba: Economic Research Federal Reserve Bank of St. Louis

Shunga qaramay, xalqaro zaxiralar tarkibida xorijiy valyutadagi zaxiralar hajmi 650,9 mln. dollarga kamaydi, shundan 636 mln. dollari (97,7%) bosh ofisi xorijda joylashgan banklardagi naqd valyuta va depozitlar bo‘lsa, 14,9 mln. dollari - boshqa markaziy banklarda, Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) va Xalqaro hisob-kitoblar banki (XHKB)dagi valyuta zaxiralari.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi bosh ilmiy xodimi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar