Andijon viloyati qishloq xo‘jaligi sohasining 2023 yil yanvar-sentyabr oylari yakunlari tahlil qilindi

Andijon viloyati qishloq xo‘jaligi sohasining 2023 yil yanvar-sentyabr oylari yakunlari tahlil qilindi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida viloyatda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 29 209,8 mlrd. so‘mni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 28 503,5 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 556,1 mlrd. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 150,2 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

Viloyat qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 2022 yilning mos davriga nisbatan 103,8%ga o‘sib, respublika ko‘rsatkichi tarkibida Andijon viloyatining ulushi 10% tashkil qildi.

Viloyat ko‘rsatkichidan yuqori o‘sish sur’atlari Buloqboshi (111,2%), Ulug‘nor (109,5%) va Xo‘jaobod (107,8) tumanlarida kuzatildi. Andijon (100,1 %), Marxamat (100,2%) va Qo‘rg‘ontepa (101,4%) tumanlarida esa aksincha o‘sish sur’atlari pastligi kuzatildi.

Shahar va tumanlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Jalaquduq (3125,6 mlrd. so‘m), Asaka tumani (2955,3 mlrd. so‘m) va Shahrihon (2636,2 mlrd.so‘m) tumanlarida qayd etildi. Aksincha kam hajmga ega hududlarga Xonobod shahri (176 mlrd. so‘m) va Andijon shahri (879,4 mlrd. so‘m)ni keltirib o‘tish mumkin.

Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 8447 ming so‘mni tashkil etdi.

2023 yil yanvar-mart oylarida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 28 292 mdrd. so‘mni (yoki 2022 yilning mos davriga nisbatan 103,8%ga o‘sishni) shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari 17 388,8 mlrd. so‘m (103,7%) va chorvachilik mahsulotlari 10 903,3 mlrd. so‘mni (103,8%) tashkil qildi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 38,5% - chorvachilik, 61,5% - dehqonchilik faoliyati hissasiga to‘g‘ri keladi.

Hisobot davrida dehqonchilikda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 643,6 ming tonna don va dukkakli ekinlari, 1295,5 ming tonna sabzavotlar, 247,2 ming tonna kartoshka, 119,6 ming tonna poliz, 475,8 ming tonna meva va rezavorlar, 56,5 ming tonna uzum ishlab chiqarildi.

Shuningdek, chorvachilikda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 132,5 ming tonna go‘sht, 685,6 ming tonna sut, 448,8 mln. dona tuxum va 9 ming tonna baliqchilik ovlandi.

Muzaffar Abdusamatov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Namangan hududiy filiali

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar