Andijon viloyatida 2022 yilda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 17 642,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021 yilga nisbatan 12,9 %ga o‘sgan.
2022 yilda viloyatda jami xizmatlar tarkibida savdo (31%), moliya (20%) va transport (20%) xizmatlarining ulushi yuqori bo‘lgan bo‘lsa, sog‘liqni saqlash (1%) va me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlarining(1%) ulushi past bo‘lgan.
2021 yilga nisbatan sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmida pasayish qayd etilgan. Yuqori o‘sish sur’atlari esa ta’lim (33,6%), axborot va aloqa (27,5%) hamda boshqa (19%) xizmatlarda kuzatilgan.
Hududlar kesimida tahlil qilinganda, Andijon shahrining o‘tgan yilda viloyatda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmidagi ulushi yuqori bo‘lib, 36%ni tashkil etdi. Asaka va Andijon tumanlarida ko‘rsatilgan xizmatlarning viloyat xizmatlar hajmidagi ulushi mos ravishda 7% va 6%ni tashkil etdi. Viloyatda ko‘rsatilgan xizmatlarning eng past ulushi Bo‘ston (1%) va Ulug‘nor (1%) tumanlariga to‘g‘ri keladi.
Andijon viloyatida jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi 5365,4 ming so‘mni tashkil etgan. Andijon shahrida jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi viloyatning o‘rtacha ko‘rsatkichidan mos ravishda 2,5 baravar yuqori ko‘rsatkichga erishgan. Xonobod shahri va Xo‘jaobod tumanida jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi o‘rtacha ko‘rsatkichdan mos ravishda 1,7 va 1,5 baravar yuqori ekanligi qayd etilgan.
Viloyatda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmining 66,3% kichik biznes va xususiy tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilgan.
Viloyat miqyosida jami tashilgan yuklar hajmi 44 704,6 ming tonnani tashkil qilgan. O‘tgan yilda viloyat bo‘yicha tashilgan yo‘lovchilar soni 2021 yilga nisbatan 8 889,9 ming nafarga ortgan.
Izoh qoldirish