Andijon viloyatining 2023 yil yanvar-dekabr oylari bo‘yicha tashqi iqtisodiy faoliyati ko‘rsatkichlari tahlili

Andijon viloyatining 2023 yil yanvar-dekabr oylari bo‘yicha tashqi iqtisodiy faoliyati ko‘rsatkichlari tahlili

Tahlil natijalariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-dekabr oylari mobaynida Andijon viloyatining tashqi savdo aylanmasi hajmi $5 030 mln.ni shundan, eksport hajmi $1 158 mln. (tovarlar - $1 144 mln. , xizmatlar - $14 mln.) ni va import hajmi $3 872 mln. (tovarlar - $3 791 mln. , xizmatlar - $81 mln.) ni tashkil qilgan. Andijon viloyatining Respublika umumiy tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 7,9% ni tashkil etib, Toshkent shahri ($24 265 mln.) va Toshkent viloyatidan ($5 707 mln.) keyin 3-o‘rinni egallagan. Tashqi savdo aylanmasi xajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17,5% (eksport – -7,1%(kamaygan), import – +27,5%(oshgan))ga o‘sgan.

Hozirgi kunda Andijon viloyati jaxonning 84 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Xususan, 2023 yilda MDH davlatlari bilan tovar va xizmatlar aylanmasi $1 193 mln.ni, dunyoning boshqa davlatlari bilan $3 837 mln.ni tashkil qilgan. Yuqoridagi keltirilgan raqamlar shuni ko‘rsatadiki, viloyatning savdo aylanmasi 2022 yil shu davriga nisbatan, MDH davlatlari bilan 17,8%ga kamaygan, boshqa davlatlar bilan esa 35,5%ga oshgan.

Mamlakatlar kesimida qaralganda, Andijon viloyatining eng yuqori eksport ulushi Qozog‘iston ($536 mln.), Rossiya ($224 mln.), Qirg‘iziston ($177 mln.) va Xitoy ($66 mln.) davlatlari xissasiga, import ulushi esa Janubiy Koreya ($1 417 mln.), Xitoy ($1 326 mln.), Braziliya ($222 mln.) va Meksika ($215 mln.) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Viloyatda jami eksportyorlar soni 469 tani tashkil qilgan bo‘lib, mahsulot eksportida, Asaka tumani($577 mln.), Andijon shahri ($115 mln.) va Xo‘jaobod ($115 mln.) tumanlari eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan. Huddi shuningdek, Asaka tumani ($2 723 mln.), Andijon shahri ($611 mln.) va Buloqboshi tumani ($179 mln.) viloyatda eng yuqori import ko‘rsatkichlarini qayd etgan hududlar bo‘lgan.

Viloyatning asosiy eksport maxsulotlari tarkibini mashinalar va transport asbob uskunalari (46,2%), turli xil tayyor buyumlar (25,9%) va sanoat tovarlari (20,7%) tashkil etgan. Mashinalar va transport asbob uskunalari (65%), sanoat tovarlari (18,8%) va kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (7,8%) viloyat importining asosiy ulushini tashkil qilgan.

Baxodir Xolmirzayev

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar