Andijon viloyati 2023 yilning dastlabki 9 oyida Italiya bilan umumiy savdo aylanmasinig miqdori 13 685,1 ming AQSh dollarini tashkil qildi. Jami savdo aylanmasining 72% (yoki 9 855 ming AQSh dollari) import hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 28% (yoki 3 830 ming AQSh dollari) eksport ulushiga to‘g‘ri kelgan.
Shundan viloyat tashqi savdosida Italiya davlati ulushi 0,38% ni, importida 0,36% ni va eksportida 0,44% ulushni egalladi. Joriy davr mobaynida hududning Italiya bilan savdo balansida salbiy saldo qayd yetilishiga qaramasdan, avvalgi yillarga nisbatan qisqarayotganani ko‘rish mumkin.
Eksport qilingan maxsulotlar tarkibini asosan tekstil va boshqa maxsulotlar ($3 828,2 ming), qora va rangli metallar ($1,8 ming), kimyoviy mahsulotlar va buyumlarni ($0,2 ming) tashkil qilgan.
Import qilingan maxsulotlar tarkibini asosan mashina va uskunalar ($7 548,2 ming), kimyoviy maxsulotlar va ulardan tayyorlangan buyumlar ($1 240,2 ming), qora va rangli metallar ($79,3 ming), oziq-ovqat maxsulotlar ($49,9 ming) va boshqa maxsulotlar ($921,5 ming) tashkil qilgan.
2018-2022 yillar kesimida tashqi savdo faoliyati bo‘yicha eng yuqori import2019 yilda ($11 150 ming) amalga oshirilgan bo‘lsa, 2021 yilgi eksport hajmi ($3 935 ming) ushbu yillar oralig‘idagi eng yuqorii hisoblanadi. Ummuman olganda, 2018-2022 yillar oralig‘ida eksportning nominal qiymati 51,8 barobar o‘sgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich importda 1,3 barobarni tashkil etgan.
Akbarali Abduraxmonov
Iqtisodiy islohotlar va tadqiqotlar markazi
Izoh qoldirish