Andijon viloyatining birinchi yarim yillik chakana savdo ko‘rsatkichlari

Andijon viloyatining birinchi yarim yillik chakana savdo ko‘rsatkichlari

Hisobot davrida viloyatda 9204,2 mlrd.so‘mlik chakana savdo amalga oshirilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 110,9%ni tashkil etgan.

Viloyat chakana savdo aylanmasining asosiy qismi (44%) 2 ta hudud, jumladan, Andijon (32%) va Shahrixon shahri (12,5%)ga to‘g‘ri kelgan. Bo‘ston (1%) va Ulug‘nor (1%) tumanlari hamda Xonobod shahri (1%)da esa chakana savdo aylanmasi hajmining past ulushi qayd etilgan.

Eng yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan Andijon shahrida chakana savdo aylanmasi hajmi 2 972,9 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Mazkur hududda Xonobod shahriga nisbatan 30,5 baravar ko‘p chakana savdo amalga oshirilgan.

Andijon viloyatida 2022 yilning birinchi yarim yilligida aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi 2815,9 ming so‘mni tashkil etgan. Andijon shahri (6450,3 ming so‘m), Xo‘jaobod tumani (3957,2 ming so‘m) va Shahrixon shahri (3441,1 ming so‘m )da jon boshiga chakana savdo aylanmasi viloyatdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori ekanligi qayd etilgan. Jalaquduq (1323,1 ming so‘m) va Izboskan (1184,3 ming so‘m) tumanlarida jon boshiga chakana savdo aylanmasi mos ravishda viloyat bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichning 47% va 43%ni tashkil qilgan. Andijon shahri va Izboskan tumani ko‘rsatkichlari taqqoslanganda, aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi 5,4 baravar farq qilgan.

Hisobot davrida chakana savdo aylanmasi bo‘yicha viloyatning barcha shahar va tumanlarida ijobiy o‘sish qayd etilgan. Tumanlar kesimida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari Ulug‘nor (123,7%) va Xo‘jaobod (120,8%) tumanlariga to‘g‘ri kelgan.

Nurdinova Shoiraxon,
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Namangan filiali bosh ilmiy xodimi
Sayfiddinov Samandar, NamDU 2-kurs talabasi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar