Avgust oyida O‘zbekistonning barcha hududlarida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘sishni ko‘rsatdi

Avgust oyida O‘zbekistonning barcha hududlarida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘sishni ko‘rsatdi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2022 yil avgust oyida 1072 birlikni tashkil etib, iyul oyiga nisbatan 7,2 foizga oshgan. Shuningdek, ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ham 14 foizlik o‘sish qayd etildi.

Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan.

2022 yilning avgust oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 7,2 foizga oshib, 1072 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:

  • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 12,6foizga oshgan;
  • faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 0,8foizga oshgan;
  • tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 6,4 foizga oshgan;
  • tovar belgilari bo‘yicha komponent 1,2 foizga mo‘’tadil kamaygan.

Hududlar kesimida Sirdaryo viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.

2022 yil avgust oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi barcha hududlarda o‘tgan oyga (2022 yil iyul) nisbatan o‘sish kuzatilgan. Sirdaryo (67,5%), Namangan (41,9%), Farg‘ona (22,5%) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (33,4%) sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (2-rasm).

BANK HISOB VARAQALARI BO‘YIChA OPERATsIYaLAR

2022 yil avgust oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 5 722,6 ming tani tashkil etdi va 2022 yilning iyul oyiga nisbatan 652,2 ming tranzaksiyaga (12,9%) oshgan.

Banklararo to‘lov operatsiyalari soni 12 ta hududda oshgan.

2022 yil avgustda respublikaning 12 ta hududida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, sezilarli darajadagi o‘sish Toshkent shahri (18,0%), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (10,6%), Farg‘ona (10,3%) va Buxoro (10,1%) viloyatlarida kuzatilgan. Shu bilan birga ushbu ko‘rsatkich Sirdaryo (- 8,0%) va Qashqadaryo (- 1,4%) viloyatlarida kamaygan.

TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK

2022 yilning avgust oyida IFIning birja komponenti 1,0644 birlikni tashkil etdi. Bu esa, ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 6,4 foizga oshganligini anglatib, bitimlar sonining (7,3%) oshganligi va har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlar o‘rtacha hajmining (- 0,4%) kamayganligi bilan izohlanadi.

Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2022 yil avgust oyida 7 357,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 8,1 foizga oshgan.

XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’EKTLARNING FAOLLIGI

Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent 2022 yil avgust oyida 1,0077 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 0,8 foizga oshganligini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ham ijobiy o‘zgarib, 9,4 foizga oshgan.

2022 yil avgust oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni 2022 yilning avgust oyiga (610 041 birlik) nisbatan 5 386 taga ko‘payib, 615 427 birlikni tashkil etgan.

Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 21 taga oshgan.

Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 498 214 tadan 503 426 tagacha ko‘paygan (o‘sish 5 212 ta). Fermer xo‘jaliklari soni 108 273 tadan 108 426 tagacha (o‘sish 153 ta) ko‘paygan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’yektlar soni 3 575 tani tashkil etib, 2022 yilning iyul oyiga nisbatan 21 taga ko‘paygan.

BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh

2022 yil avgust oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha biznes faolligi indeksi 0,9883 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2022 yilning iyul oyiga nisbatan 1,2 foizga mo‘’tadil darajada kamaygan. Joriy yilning avgust oyida yuridik shaxslar tomonidan 337 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

↑1072

↑1,1286

↑1,0644

↑1,0077

↓0,9883

Sirdaryo viloyati

↑1675

↓0,9202

↑2,0000

↑1,0118

↑11,000

Namangan viloyati

↑1419

↑1,0732

↑2,0000

↑1,0113

↓0,7000

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

↑1334

↑1,1062

↑1,7948

↑1,0018

↓0,3000

Farg‘ona viloyati

↑1225

↑1,1029

↑1,4450

↑1,0098

↑1,3000

Navoiy viloyati

↑1166

↑1,0705

↑1,0511

↑1,0050

↑5,0000

Surxondaryo viloyati

↑1164

↑1,0461

↑1,1421

↑1,0036

↑4,0000

Qashqadaryo viloyati

↑1147

↓0,9857

↑1,1494

↑1,0086

↑4,0000

Toshkent shahri

↑1135

↑1,1797

↑1,1763

↑1,0239

↓0,8635

Samarqand viloyati

↑1114

↑1,0409

↑1,1332

↑1,0083

↑2,5000

Jizzax viloyati

↑1102

↑1,0814

↑1,2558

↑1,0053

↓0,0000

Buxoro viloyati

↑1099

↑1,1011

↑1,1602

↑1,0111

↓0,9000

Xorazm viloyati

↑1069

↑1,0667

↑1,1462

↑1,0119

↓0,5000

Toshkent viloyati

↑1038

↑1,0329

↑1,0321

↑1,0055

↑1,4138

Andijon viloyati

↑1035

↑1,0003

↑1,0849

↑1,0056

↑1,0000

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

↑1135

↑1,2195

↑1,1132

↑1,0941

↓0,7326

Sirdaryo viloyati

↑1659

↓0,8405

↑2,0000

↑1,0660

↑11,000

Andijon viloyati

↑1416

↑1,0563

↑2,0000

↑1,0695

↓0,3571

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

↑1363

↓0,8858

↑2,0000

↑1,0481

↓0,7500

Toshkent viloyati

↑1355

↓0,8135

↑2,0000

↑1,0518

↑1,2813

Farg‘ona viloyati

↑1244

↓0,8829

↑1,6791

↑1,1241

↓0,5417

Toshkent shahri

↑1226

↑1,4842

↑1,0859

↑1,1468

↓0,6476

Xorazm viloyati

↑1164

↓0,8956

↑1,3554

↑1,1278

↑2,0000

Namangan viloyati

↑1089

↓0,9359

↑1,2320

↑1,0597

↑1,1667

Qashqadaryo viloyati

↑1068

↑1,0153

↑1,1032

↑1,0979

↑1,0000

Jizzax viloyati

↑1024

↑1,0522

↑1,0692

↑1,0386

↓0,0000

Navoiy viloyati

↑1010

↓0,9430

↑1,0119

↑1,1150

↑1,0000

Samarqand viloyati

↓996

↑1,0568

↓0,9145

↑1,1299

↓0,3846

Buxoro viloyati

↓954

↓0,8555

↓0,9975

↑1,0522

↓0,8182

Surxondaryo viloyati

↓930

↓0,9034

↓0,9343

↑1,0368

↓0,4000

Ruslan Abdullayev
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Bosh ilmiy xodimi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar