Axborot texnologiyalari texnologik parki xodimlari uchun uy va sport majmualari quriladi

Axborot texnologiyalari texnologik parki xodimlari uchun uy va sport majmualari quriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 fevral kuni axborot texnologiyalarini rivojlantirish, buning uchun zamonaviy infratuzilma yaratish masalasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki hamda uning filiallarini qurish, yuqori texnologiyali infratuzilmalar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev bir qancha ko‘rsatmalar berdi

IT-akademiya, IT-laboratoriya, Kovorking markazi, Mobil ilovalar ishlab chiqish markazi, Masofaviy axborot texnologiyalari markazini barpo etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Davlat buyurtmasi asosida soha va tarmoqlar uchun zarur zamonaviy dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish mexanizmini yo‘lga qo‘yish taklifi bildirildi.

Yetakchi texnoparklar bilan hamkorlik rivojlantiriladi

Jahondagi tendensiyalar bilan hamqadam bo‘lib, yangi ishlanmalarni hayotga faol joriy etish, yetakchi texnoparklar bilan hamkorlikni rivojlantirish muhimligi qayd etildi.

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki xodimlari hamda xorijiy mutaxassislar uchun ko‘p qavatli turar joy, mehmonxona, sport majmualari tashkil etish masalasiga ham e’tibor qaratildi.

Mutasaddilar qurilish va loyihalashtirish ishlarining borishi yuzasidan hisobot berdi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar