“Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishonini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qarorga ko‘ra “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishonini 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida topshiriladi.
“Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan mukofotlash O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi Boshqaruvining qarori asosida amalga oshiriladi.
“Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan joylarda ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar taqdirlanadilar.
Ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladilar.
Izoh qoldirish