Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov karantin qanday sharoitda bekor qilinishi mumkinligini ma’lum qildi.
“Xabaringiz bor, navbatdagi karantin davri 15 avgustgacha uzaytirilgan. Biz ma’lum darajadagi plato chizig‘iga, barqarorlikka erishishimiz, kelgusida kasallanishlar holatini kamaytirishimiz va karantin cheklovlarini bekor qilishimiz uchun hozirgi vaqtda o‘rnatilgan cheklovlarga amal qilishda davom etishimiz kerak”, dedi Abduhakimov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida.
U fuqarolar tibbiyot niqoblarini pastga tushirib olmay to‘g‘ri taqishlari, antiseptiklardan foydalanishlari va ijtimoiy masofa saqlashlari muhimligini ta’kidladi.
“Mana shu 15 kun ichida barcha talablarga qat’iy rioya eta olsak, u holda mazkur muddat tugagach, mavjud epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, hozirgi cheklovlarni olib tashlashimiz mumkin bo‘ladi”, dedi u.
Izoh qoldirish