Beg‘araz yordam sifatida olingan mablag‘lar daromad solig‘iga tortilmaydi

Beg‘araz yordam sifatida olingan mablag‘lar daromad solig‘iga tortilmaydi

“Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2020 yil 1 apreldan 2020 yil 1 oktyabrga qadar:

“Mahalla” xayriya jamoat fondiga, “Saxovat va ko‘mak” fondiga, “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga, shu jumladan, ularning hududiy bo‘linmalariga, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shakllantiriladigan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan jismoniy shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan jismoniy shaxslarga beg‘araz beriladigan:

  • pul mablag‘lari va tovarlar (xizmatlar)ga foyda solig‘ini hisoblashda chegiriladigan xarajatlar sifatida qaraladi;
  • tovarlar (xizmatlar) qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi va aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha soliq solish ob’yektiga kiritilmaydi;
  • ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan jismoniy shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning ko‘rsatilgan fondlardan, yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan beg‘araz yordam (pul mablag‘lari, tovarlar va xizmatlar)ga jismoniy shaxslarning daromadi sifatida qaralmaydi;
  • jismoniy shaxslarga turar joylarini jismoniy shaxslarga va koronavirus pandemiyasi davrida faoliyati to‘xtagan tadbirkorlik sub’yektlariga noturar joylarni ijaraga berishdan olingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromadlar bo‘yicha soliqni foizsiz kechiktirib to‘lash huquqi beriladi. Bunda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash bo‘yicha berilgan kechiktirish summasi 2021 yil 1 aprelga qadar muddatgacha teng ulushlarda to‘lanishi lozim;
  • lizing korxonalari tomonidan hisoblangan va kechiktirilgan lizing bo‘yicha foiz daromadlari summasi foyda solig‘ini hisoblashda kechiktirish berilgan davrdagi jami daromad tarkibiga kiritilmaydi;
  • tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash Davlat jamg‘armasi tomonidan kompensatsiya qilish tartibi tadbirkorlik sub’yektlarining amaldagi kredit shartnomalariga ham tatbiq qilinadi.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar