UzAuto Motors Chevrolet Tracker avtomobillarining sotuvi boshlanganini ma’lum qildi.
Bunda boshlang‘ich komplektatsiya: 179 000 000 so‘mni tashkil etadi. Buning uchun xaridorlar vakolatli dilerlik markazlari yoki info@uzautomotors.com elektron manziliga ariza qoldirishlari lozim. Yetarli miqdordagi arizalar to‘plangandan so‘ng, kompaniya ushbu avtomobil ishlab chiqarilishini belgilangan tartibda o‘rganib chiqadi. Shu bilan birga:
- LS komplektatsiya: 209 000 000 so‘m;
- LTZ komplektatsiya: 229 000 000 so‘m;
- Premier komplektatsiya: 249 000 000 so‘m deya belgilangan.
Avtomobil xarid qiluvchilar 30 avgustdan boshlab, krossoverga shartnoma tuzishlari mumkin.
Mashinaning texnik xususiyatlarining muhim jihatlari quyidagilardan iborat:
- 1,2 hajmli, aylanma harakatda 190 Nm va 132 ot kuchi quvvatiga ega zamonaviy uch silindrli CSS Prime turbomotor;
- 6-pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi;
- aralash siklda tejamkor yoqilg‘i sarfi 6.9 l/100 km, shahar tashqarisidagi yo‘lda harakatlanish- 5.6 l/100 km;
Xavfsizlikni ta’minlash tizimi:
- past tezlikda avtomatik tormozlash;
- ko‘rinishi cheklangan joylar monitoringi;
- faol favqulodda tormozlash;
- oldinda turgan to‘siqlar haqida ogohlantirish;
- frontal to‘qnashuv haqida ogohlantirish;
- 6 ta xavfsizlik yostiqchalari.
Qulaylik:
- yarim avtomat (parallel va perpendikulyar) to‘xtash tizimi;
- haroratni avtomatik nazorat qiluvchi tizim (klimat kontrol);
- kruiz-kontrol;
- aqlli kalit (smart key) va dvigatelni ishga tushirish;
- charm qoplamali 3 spitsali rul;
- yomg‘ir datchigi;
- eko-charmdan o‘rindiqlar qoplamalari;
- simsiz zaryadlash;
- 8 dyuymli sensor displeyga ega multimedia tizimi (Apple CarPlay va Android Auto);
- to‘liq svetodiod optikasi va LED orqa gabarit chiroqlar.
2023 yildan boshlab Chevrolet Tracker qo‘shimcha opsiyalar: tashqi oynalarni isitish tizimi, old o‘rindiqlarni isitish, oyna tozalagich (dvornik) atrofini isitish, ikkinchi orqa qator o‘rindiqlari isitish tizimi, elektr mexanizmga ega haydovchi o‘rindig‘i, rul isitish tizimi, himoya karteri va «Redline» paketida taqdim etiladi.
Avtomobilni UzAutoMotors`ning rasmiy saytida nomlari keltirilgan avtorizatsiyadan o‘tgan dilerlik markazlarida sotib olish mumkin. Shuningdek, ushbu dilerliklarda avtomobil bilan tanishish hamda texnik xususiyatlarini o‘rganish uchun test-drayv ham mavjud.
Izoh qoldirish