Birjada 993,9 mlrd. so‘mlik bitimlar tuzildi

Birjada 993,9 mlrd. so‘mlik bitimlar tuzildi

2019 yilning 16-22 dekabrlarida “O‘zRTXB” AJ da 993,9 mlrd. so‘mlik bitimlar tuzildi, bu esa avvalgi haftadagi natijaga nisbatan 10% ga ko‘pdir. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 26% ga o‘sib, 476,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Shu jumladan birja savdolarining hajmi 762,9 mlrd. so‘mdan 871,0 mlrd. so‘mga oshdi. Valyuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning summasi 851,8 ming AQSh dollarini tashkil etdi. Eksportning tarkibida polietilen ulushi – 67% va neft mahsulotlari ulushi – 33% ni egallashdi.

Ko‘rgazma-yarmarka savdolarning haftalik hajmi 22,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Kichik biznes sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar 4,5 mlrd. so‘mni yoki tuzilgan bitimlarning 19,7% ni egalladi.

O‘tgan haftada davlat xaridlari bo‘yicha xarid.uz maxsus axborot portalida tuzilgan bitimlarning hajmi 96,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Byudjet va korporativ buyurtmachilarning pul mablag‘ini tejalishi 22,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 729 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3,7 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 21,8% birinchi toifadagi avtoraqamlarga 48,0% ikkinchi va 30,2% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar