Biznes ombudsmanga eng ko‘p yer-binolari ajratish va olib qo‘yilishi bilan bog‘liq murojaatlar qilingan

Biznes ombudsmanga eng ko‘p yer-binolari ajratish va olib qo‘yilishi bilan bog‘liq murojaatlar qilingan

Bugun AOKAda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga 2020 yilda tadbirkorlik sub’yektlaridan 5 031ta murojaat kelib tushdi, yil yakuniga qadar ularning 4 401tasi ko‘rib chiqilgan.

Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 1 697 tasi (39 foizi) ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 2 704 tasi bo‘yicha tadbirkorlarga huquqiy tushuntirishlar berilgan.

Murojaatlar xususiyatlari bo‘yicha tahlil etilganda, ularning asosiy qismi, ya’ni 21 foizi yer-bino ajratilishi, olib qo‘yilishi, davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olingan yer maydoni, bino-inshootlar uchun kompensatsiya to‘lovlarini undirishga oid, 13 foizi kredit ajratish, muddatini uzaytirish, imtiyozlar qo‘llashga oid, 9,2 foizi soliqqa oid, 9,1 foizi sud qarorlari va ularning ijro etilishiga oid.

Tadbirkorlar manfaatlarida 1 574 ta ta’sir chorasi qo‘llanilib, shundan davlat organlari va tashkilotlariga 256 ta taqdimnoma, 113 ta ogohnoma, 48 ta xulosa kiritilgan, aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan 978 nafar mansabdor va mas’ul shaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar