Bojxona omborlarida 44,3 mln. dollarga teng oziq-ovqat mahsulotlari saqlanayapti

Bojxona omborlarida 44,3 mln. dollarga teng oziq-ovqat mahsulotlari saqlanayapti

Joriy yilning 29 mart holatiga bojxona omborlarida jami 44,3 mln. dollarga teng oziq-ovqat mahsulotlari saqlanmoqda. Ushbu tovarlardan dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 71,5 mlrd.so‘m bojxona to‘lovlari undirilishi kutilmoqda.

Bular asosan quyidagi mahsulotlardir:

  • margarin (2,9 ming tn, 3,5 mln. doll.);
  • go‘sht (2,6 ming tn, 3,2 mln. doll.);
  • bio qo‘shimchalar (443,7 tn, 3,2 mln. doll.);
  • kungaboqar yog‘i (3,7 ming tn, 2,8 mln. doll.);
  • palma yog‘ (2,0 ming tn, 1,8 mln. doll.);
  • shokolad (597,0 tn, 1,5 mln. doll.);
  • bolalar ovqati (250,1 tn, 1,2 mln. doll.);
  • konservalangan sabzavotlar (854,6 tn, 971,3 ming doll.);
  • un (3,7 ming tn, 910,7 ming doll.);
  • bug‘doy (72,1 ming tn, 14,2 mln. doll.);
  • shakar (2,0 ming tn, 773,6 ming doll.);
  • makaronlar (515,1 tn, 571,1 ming doll.);
  • un mahsulotlari (vafli, pechene va x.z.) (297,5 tn, 551,8 ming doll.);
  • banan (851,1 tn, 520,8 ming doll.);
  • sut mahsulotlari (379,9 tn, 519,0 ming doll.);
  • choy (70,1 tn, 365,2 ming doll.)
  • quriq ovqat (185,2 tn, 491,8 ming doll.);

Bojxona omborlarida saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha 5,2 mln. dollar, hudud korxonalari bo‘yicha 39,1 mln. dollarni tashkil etadi.

Iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha:

“O‘zbekoziqovqatxolding” XK (2,9 mln. doll., asosan bio qo‘shimchalar, palma yog‘i, bug‘doy, konservalangan sabzavotlar, soya, araxis, zaytun yog‘i);

“O‘zyog‘moysanoati” uyushmasi (1,4 mln. doll., asosan kungaboqar yog‘i, bug‘doy, palma yog‘i);

“O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi (430,6 ming doll., asosan go‘sht, un, shakar, kungaboqar yog‘i, konservalangan sabzavotlar);

“Sog‘lom avlod uchun” xalkapo xaypiya jamg‘apmasi (400,0 ming doll., quruk ovqatlar);

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi (4,2 ming doll., kimyoviy tuzlar).

Hududlar bo‘yicha:

Toshkent shahar (25,2 mln. doll., asosan bio qo‘shimchalar, shokolad, bolalar ovqati, margarin, go‘sht, bug‘doy, un mahsulotlari, shakar, palma yog‘i, banan, makaronlar);

Sirdaryo (3,9 mln. doll., asosan bug‘doy, soya, araxis, zaytun yog‘i, paxta yog‘i);

Samarqand (3,8 mln. doll., asosan margarin, bug‘doy, paxta yog‘i, soya, araxis, zaytun yog‘i, go‘sht, un);

Toshkent viloyati (3,7 mln. doll., asosan un, bug‘doy, shakar, bio qo‘shimchalar, kungaboqar yog‘i, paxta yog‘i, go‘sht, margarin);

Farg‘ona (2,9 mln. doll., asosan bug‘doy, olma, un, bio qo‘shimchalar, go‘sht, kartoshka, banan);

Namangan (2,8 mln. doll., asosan go‘sht, bug‘doy, palma yog‘i, margarin, un, shokolad, baliq);

Qoraqalpog‘iston Res. (794,8 ming doll., bug‘doy, sut mahsulotlari, baliq);

Xorazm (617,8 ming doll., asosan kungaboqar yog‘i, bio qo‘shimchalar, banan, makaron);

Buxoro (174,2 ming doll., asosan bug‘doy, quritilgan mevalar, sut mahsulotlari);

Jizzax (99,1 ming doll., bio qo‘shimchalar va sut mahsulotlari);

Andijon (98,9 ming doll., asosan bio qo‘shimchalar va kungaboqar yog‘i);

Surxondaryo (82,3 ming doll., konservalangan dengiz maxsuloti, sitruslar);

Qashqadaryo (18,2 ming doll., asosan sitrus mevalar).

Navoiy (2.1 ming doll., asosan kungaboqar yog‘i, bio qo‘shimchalar).

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar