Bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatiga 10 yoshdan katta bolalar qabul qilinadi

Bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatiga 10 yoshdan katta bolalar qabul qilinadi

“SOS O‘zbekiston bolalar mahallalari uyushmasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Huqumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, endilikda:

  • bolalar mahallalari – bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatlari;
  • yoshlar uylari – yoshlarga hamrohlik qilish xizmatlari;
  • ijtimoiy markazlar – ijtimoiy yetimlikning oldini olish xizmatlari deb nomlanadi.

Qaror bilan mazkur xizmatlarni tashkil qilish to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi.

Shunga ko‘ra:

Bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatiga qabul qilish tarbiyalanuvchi yashaydigan joy bo‘yicha tuman (shahar) hokimining qarori hamda hududiy xalq ta’limi boshqarmalarining yo‘llanmasi asosida amalga oshiriladi.

Xizmatga 10 yoshdan katta bolalar ularning roziligi bilan qabul qilinadi.

Yoshlarga hamrohlik qilish xizmatiga og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalardagi yoshlar vakolatli organlar murojaati asosida qabul qilinishi mumkin.

Yoshlarning xizmatga qabul qilinishi uchun erkin xohish bildirishi qabulning majburiy sharti hisoblanadi.

Ijtimoiy yetimlikning oldini olish xizmati Uyushma filiali va/yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki boshqa hamkor tashkilotlar hududida tashkil etiladi.

Bolalarni kunduzgi vaqtda parvarish qilish ota-onalar bilan xizmat o‘rtasida tuzilgan kelishuvga ko‘ra amalga oshiriladi.

Hujjat haqidagi to‘liq ma’lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar