Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-avgust oylarida viloyatda xizmatlar sohasining umumiy hajmi 14 315,2 mlrd. so‘mni, shu jumladan, kichik tadbirkorlik sohalarida ko‘rsatilgan xizmatlar – 60,8% va jami korxonalarda xizmatlar sohasidagi korxonalar ulushi 68,2% tashkil etib, 2023 yilning mos davriga nisbatan 110,2%ga o‘sishga erishdi.
Hisobot davrida viloyat ko‘rsatkichidan yuqori o‘sish sur’atlari Buxoro (111,0%) va Kogon (108,5%) shaharlari, Vobkent (118,8%), Jondor (110,0%), Peshku (109,9%), Olot, Kogon, Buxoro, G‘ijduvon, Qorako‘l va Shofirkon tumanlari o‘rtacha (109,0 %) kuzatilgan bo‘lsa, Qorovulbozor (107,6%) va Romitan (103,4 %) tumanlarida aksincha, o‘sish sur’atlari pastligi qayd etilgan.
Shahar va tumanlar kesimida xizmatlar sohasining eng yuqori hajmi Buxoro (5 691,6 mlrd. so‘m) shahar, G‘ijduvon (1 687,1 mlrd. so‘m), Vobkent (895,7 mlrd. so‘m), Peshku(762,7 mlrd. so‘m) tumanlarida qayd etildi. Aksincha eng kam hajmga ega hududlarga Qorovulbozor (284,1 mlrd. so‘m) va Kogon (475,1 mlrd. so‘m) tumanlarini keltirib o‘tish mumkin.
Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlarining hajmi 6 979,9 ming so‘mni tashkil etib, 2023 yilning mos davriga nisbatan 108,4%ga o‘sishga erishdi.
Hisobot davrida xizmatlar sohasining asosiy turlari bo‘yicha ko‘rsatkichlari quyidagicha aks etdi, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 588,6 mlrd. so‘m, moliyaviy xizmatlar 2 943,8 mlrd. so‘m, transport xizmatlari 2 843,8 mlrd. so‘m, shundan avtotransport xizmatlari 2 555,9 mlrd. so‘m, Yashash va ovqatlanish xizmatlari 639,4 mlrd. so‘m, Savdo xizmatlari 4 179,8 mlrd. so‘m, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar 269,8 mlrd. so‘m, ta’lim sohasidagi xizmatlar 960,7 mlrd. so‘m, sog‘liqni salash sohasidagi xizmatlar 290,2 mlrd. so‘m, ijara xizmatlari 311,8 mlrd. so‘m, kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar 320,5 mlrd. so‘m, shaxsiy xizmatlar 355,7 mlrd. so‘m, me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar 121,4 mlrd. so‘m va boshqa turdagi xizmatlar 489,7 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
G‘olibjon Tursunqulov
Izoh qoldirish