Buxoro viloyatida hokim yordamchilari faoliyati

Buxoro viloyatida hokim yordamchilari faoliyati

O‘tkazilgan xatlov natijalari

544 ta hokim yordamchisi o‘z faoliyatini boshladi 407 673 ta xonadonlarning 407 673 tasi (100 foiz) xatlovdan o‘tkazilib, xonadonlar 4 toifaga ajratildi.

63 511 ta xonadon 1-toifa (xatlov o‘tkazilgan xonadonlarga nisbatan 15,6 %; (Daromadi kam, ishsiz a’zolari bo‘lgan, o‘z ishini boshlashga qiziqishi katta, shuningdek daromad topishga, kasb o‘rganishga harakat qilayotgan xonadonlar)

101 828 ta xonadon 2-toifa xatlov o‘tkazilgan xonadonlarga nisbatan 25,0 %; (Doimiy daromadga ega, qo‘shimcha daromad topish istagi bor xonadonlar)

25 085 ta xonadon 3-toifa (xatlov o‘tkazilgan xonadonlarga nisbatan 6,2 %; (ijtimoiy ximoyaga muhtoj, nogironligi bor va kasal a’zolari bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan xonadonlar)

217 249 ta xonadon 4-toifa (xatlov o‘tkazilgan xonadonlarga nisbatan 53,3 % (Iqtisodiy ahvoli yaxshi va o‘ziga to‘q xonadonlar).

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida ajratilishi belgilangan kreditlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish doirasida 2022 yilda viloyat bo‘yicha jami 915,0 mlrd.so‘m kredit mablag‘lari ajratilishi belgilangan. Shundan yanvar-noyabr oylarida jami 34 256 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga 791,5 mlrd.so‘m kredit mablag‘lari ajratib berildi va buning natijasida 34 256 nafar fuqarolarning bandligi ta’minladi.

Ma’lumot uchun:

- Issiqxona yo‘nalishida 4493 ta 65,0 mlrd.so‘m (4493 sotix);

- Chorvachilik yo‘nalishida 5261 ta 140,9 mlrd.so‘m (17613 bosh);

- Qo‘ychilik yo‘nalishida 3952 ta 108,5 mlrd.so‘m (60288 bosh);

- Quyonchilik yo‘nalishida 30 ta 0,9 mlrd.so‘m (249 bosh);

- Parrandachilik yo‘nalishida 4285 ta 57,1 mlrd.so‘m (952494 bosh);

- Asalarichilik yo‘nalishida 751 ta 22,0 mlrd.so‘m (18317 ta oila);

- Baliqchilik yo‘nalishida 283 ta 9,5 mlrd.so‘m;

- Bog‘dorchilik yo‘nalishida 365 ta 12,3 mlrd.so‘m;

- Tikuvchilik yo‘nalishida 3756 ta 55,1 mlrd.so‘m;

- Xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida 10441 ta 293,7 mlrd.so‘m;

- Ishlab chiqarish yo‘nalishida 508 ta 19,9 mlrd.so‘m;

Hunarmandchilik yo‘nalishida 131 ta 6,6 mlrd.so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi.

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratilayotgan subsidiya mablag‘lari bo‘yicha

Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1279 ta fuqarolarga 4,128 mlrd.so‘mlik subsidiyalar ajratilishi ta’minlandi.

Ma’lumot uchun:

- Kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun 60 mln.so‘m 20 nafar fuqarolarga;

- Asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun 3 670,8 mln.so‘m 844 nafar fuqarolarga;

- «Hunarmand» uyushmasiga a’zolik badali xarajatlari uchun 282,3 mln.so‘m 378 nafar fuqarolarga;

- Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun 1,0 mln.so‘m 1 nafar fuqaroga;

- «Usta-shogird» an’analari asosida yoshlarga hunar o‘rgatayotgan hunarmandlarga 12,0 mln.so‘m 19 nafar fuqarolarga;

- Kasb-hunarga o‘qitish markazlarining o‘quv xonalarida o‘qitish qiyin bo‘lgan quyidagi kasb yo‘nalishlarida «usta-shogird» an’analari asosida hunar o‘rganmoqchi bo‘lgan yoshlarga yoki hunar o‘rgatayotganlarga 102 mln.so‘m 17 nafar fuqarolarga subsidiyalar ajratilishi ta’minlandi.

Hokim yordamchilari tomonidan aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar

Hokim yordamchilari tomonidan “bir kunda - bir ish o‘rni yaratish” ish tizimi bo‘yicha 2022 yilda 155,43 mingga yaqin fuqarolarni bandligini ta’minlash rejalashtirilgan. Joriy yil yanvar-oktyabr holatida 113,1 ming nafar (reja 106,4 ming nafar, 106%ga bajarildi) fuqarolarning bandligi ta’minlandi.

- 51,97 ming nafar - Bo‘sh ish o‘rinlari hisobiga ishga joylashtirish (reja 52,3 ming nafar, 118%ga);

- 52,103 ming nafar - O‘zini-o‘zi band qilish hisobiga (reja 57,3 ming nafar, 90,3%ga);

- 17,12 ming nafarLegallashtirish yo‘nalishi (reja 45,75 ming nafar, 96%ga) hisobiga ishga joylashtirildi.

Online-mahalla.uz platformasi ma’lumotlariga asosan hokim yordamchilari tomonidan yanvar-noyabr oylarida jami 72 887 nafar ishsiz aholi aniqlangan.

Yanvar-noyabr oylarida jami 197 644 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlangan.

Jumaladan;

- 64 897 nafar - doimiy ishga joylashtirish hisobiga;

- 20 703 nafar - mavsumiy ishga joylashtirish hisobiga;

- 63 970 nafar - O‘zini-o‘zi band qilish hisobiga;

- 14 521 nafar Yakka tartibdagi tadbirkorlik tashkil qilish hisobiga.

Murtazayev Ardasher
Iqtisodiy tadqiqotlar va isloxotlar markazi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar