Buxorolik 5,3 mingdan ziyod ishlar o‘z ishiga ega bo‘ldi

Buxorolik 5,3 mingdan ziyod ishlar o‘z ishiga ega bo‘ldi

Buxoro viloyatida joriy yil boshida 13 ming 374 nafar ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha “Manzilli reja”, “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan edi. Ilk natijalarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida viloyatda 11 ming 444 nafar ishsiz yoshlar doimiy ish o‘rni va barqaror daromad manbaiga ega bo‘ldi.

Karantin davrida ish o‘rnini yo‘qotgan yoki xorijdagi muhojirlikdan qaytgan 5,3 mingdan ziyod yoshlarga bilan ishlashga mas’ul mutasaddilar bilan muloqotda bu borada Buxoroda hali ishga solinmagan imkoniyat-u salohiyat katta ekani ta’kidlandi. Uch kun ichida barcha tuman-shaharlarda o‘rganishlar olib borilib, ish beruvchilar va ishsiz yoshlar kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yishga kirishildi.

Ayni paytda katta qurilish maydoniga aylangan Buxoro shahrining o‘zida ko‘p qavatli 157 ta uy, 866 ta savdo va xizmat ko‘rsatish ob’yektlari qurilmoqda. Mana shu qurilish jarayonining o‘zida esa qurilish-pudrat tashkilotlari qariyb 430 dan ziyod bo‘sh ish o‘rniga ega: qay biriga g‘isht teruvchilar, kimgadir paydvandchilar, yana boshqasiga suvoqchilar kerak. Viloyatda esa shu ishlarni eplaydigan, xorijdagi katta qurilish maydonlarida chiniqqan va ayni paytda ishsiz yoshlar kam emas.

Ilk muloqot 82 ta qurilish tashkiloti rahbarlari 180 nafar ishsiz yoshlar o‘rtasida kechdi. Natijada esa dastlabki kunning o‘zida qariyb 100 nafar yigit sharif shahardagi qurilish ob’yektlariga ishga qabul qilindi.

Ma’lumot uchun, bu yil Buxoro shahridagi 866 ta savdo va xizmat ko‘rsatish ob’yektlari qurilib, ishga tushirilgach, minglab yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Birgina “Buxoro siti” tarkibidagi “Karvon shopping” savdo majmuasida 3 mingga yaqin doimiy ish joyi ochiladi. Ularning aksariyatida yoshlar ish boshlaydi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar