Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi uy-joy va ijara bozoridagi tendensiyalarni baholashni yangiladi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi uy-joy va ijara bozoridagi tendensiyalarni baholashni yangiladi

Mamlakatda uy-joy oldi-sotdi shartnomalari umumiy soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,2%ga oshib, 25 mingta bitimni tashkil etdi.

Hududiy dinamika

Yillik hisobda eng yuqori o‘sish Buxoro (35,4%), Qashqadaryo (26,5%) va Samarqand (21,7%) viloyatlarida qayd etildi.

Mamlakat bo‘yicha uy-joy bilan bog‘liq barcha bitimlarning taxminan 30%i poytaxt bozori hissasiga to‘g‘ri keladi. Noyabr oyida Toshkent shahrida uy-joy savdosi hajmi yillik hisobda 8,8%ga oshdi.

Respublika bo‘yicha ikkilamchi uy-joy bozori

Respublika bo‘yicha ikkilamchi uy-joy bozorida yillik hisobda narxlarning o‘rtacha 7% atrofida mo‘’tadil o‘sishi kuzatildi.

Narxlar o‘sishining eng yuqori sur’atlari Surxondaryo, Jizzax va Namangan viloyatlarida qayd etildi. Ushbu hududlarda narxlar o‘rtacha hisobda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan taxminan 17%ga oshdi.

Toshkent shahrida ko‘chmas mulk bozoridagi holat

Yillik hisobda Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joyning o‘rtacha narxi 0,9%ga pasaygan, birlamchi bozorda esa, aksincha, narxlar 4%ga o‘sgan.

Ikkilamchi uy-joy narxlarining pasayishi eng ko‘p Mirzo-Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarida kuzatilib, ushbu hududlarda o‘rtacha pasayish taxminan 5%ni tashkil etdi.

Poytaxtdagi birlamchi uy-joy bozorida esa narxlarning eng yuqori o‘sishi Yakkasaroy, Mirabod va Mirzo-Ulug‘bek tumanlarida qayd etildi. Ushbu tumanlarda narxlar o‘rtacha hisobda taxminan 9%ga oshdi.

Poytaxtda ijara bozori

Noyabr oyida Toshkent shahrida o‘rtacha ijara narxi bir kvadrat metr uchun 8,7 dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5%ga yuqori.

Poytaxtning Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara narxi nisbatan yuqoriligicha qolmoqda. Ushbu tumanlarda ijara narxi bir kvadrat metr uchun o‘rtacha 11 dollar.

Shuningdek, ijara narxlarining o‘sishi Mirzo-Ulug‘bek, Mirabod va Bektemir tumanlarida ham kuzatilib, mazkur hududlarda yillik hisobda o‘rtacha 8% atrofida oshish qayd etildi.

Jaloliddin Usmonov,

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

tel: (78) 150 02 02 (417)

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar