2021 yil 3 avgust kuni “O‘zcharmsanoat” uyushmasi tomonidan “2016-2020 yillarda charm-poyabzal va mo‘ynachilik tarmog‘ining rivojlanish bosqichi” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.
Respublikamizning charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarida so‘nggi besh yilda amalga oshirilgan investitsiya loyihalariga e’tibor beridagin bo‘lsak sohaga jalb qilingan investitsiyalarning umumiy qiymati 446 mln dollarni tashkil qilib, 2016 yil bilan taqqoslaganda investitsiyalar hajmining o‘sish sur’atlari 2021 yil yakuni bilan 13 barobarni tashkil etishi kutilmoqda.
Sohaga 2016 yilda atiga 15,7 million dollarlik investitsiya jalb etilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2020 yilda koronavirus pandemiyasi bo‘lishiga qaramay, 187,6 million dollarga yetdi. 2021 yilda esa 202,0 million dollardan oshishi kutilayapti.
Umuman olganda joriy yilda investitsiya dasturi doirasida 202 mln dollarlik 112 ta loyihalar ishga tushirilishi ta’minlanadi, bunda joriy yilning birinchi yarim yilligida 42 mln dollarlik 29 ta loyihalar ishga tushirilishi va 2215 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ta’minlandi.
2016-2021 yillarda charm-poyabzal tarmog‘iga investitsiyalarning jalb qilinishi
mln.dollar
Ko‘rsatkichlar nomi | 2016 yil | 2017 yil | 2018 yil | 2019 yil | 2020 yil | 2021 yil kutilishi | 2016 yilga nisbatan o‘sish % |
Investitsiya loyihalari | 15,7 | 18,4 | 77,6 | 146,1 | 187,6 | 202,0 | 12,9 marta |
Amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari natijasida so‘nggi yillar mobaynida tayyor charm-poyabzal, charm-attorlik mahsulotlari, mo‘yna va qorako‘l terisi, mahalliy korxonalar xom ashyosi asosida jundan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada ko‘paydi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra soha korxonalari tomonidan 3 trln 647 mlrd co‘mlik maxsulotlar ishlab chiqarildi va 2016 yil bilan taqqoslanganda o‘sish surati 8 marotabadan oshgan.
2016-2021 yillarda charm-poyabzal tarmog‘ida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari
mlrd.so‘m
2016 yil | 2017 yil | 2018 yil | 2019 yil | 2020 yil | 2021 yil kutilishi | 2016 yilga nisbatan o‘sish % |
512,4 | 760,0 | 1 748,5 | 2 550,6 | 3 647,8 | 4 221,0 | 8,2 marta |
2021 yil yakunlari bo‘yicha “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” yorlig‘i ostida mahalliy tovarlar — poyabzal, charm-attorlik, mo‘yna va jundan yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlari bir necha barobar ko‘payishi kutilmoqda.
Misol uchun, 2021 yil yakuni bilan faqat poyabzalning o‘zi 115,0 million juftdan ortiq hajmda ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Taqqoslaydigan bo‘lsak, 2016 yilda bu ko‘rsatkich 10,2 million juftni tashkil qilgan edi.
2016-2021 yillarda poyabzal ishlab chiqarish hajmlari
mln.juft
Ko‘rsatkichlar nomi | 2016 yil | 2017 yil | 2018 yil | 2019 yil | 2020 yil | 2021 yil kutilishi | 2016 yilga nisbatan o‘sish % |
Poyabzal | 10,2 | 10,8 | 58,1
| 86,1
| 105,1
| 115,0
| 11,3 marta
|
O‘zbekistonda xom ashyo yetarli. Faqat ilgari uni qayta ishlash orqada qolgandi. Chunki maxsus texnologik jihozlar yetishmasdi. Shu bois charmga bir martagina ishlov berilib, chetga eksport qilinardi. Ayni shu maqsadda so‘nggi paytlarda tizim korxonalari Italiya, Germaniya, Turkiya, Xitoy kabi sanoati rivojlangan davlatlarning yetakchi kompaniyalarida ishlab chiqarilgan eng yaxshi dastgohlar bilan jihozlandi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi xom ashyoni qayta ishlash xabiga aylantirish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilyapti. Pirovardida qo‘shni respublikalardan teri shu yerga keltiriladi va chuqur qayta ishlash orqali yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqariladi. Bu degani — yangi korxonalarda uchinchi marta ishlov berilgan tayyor charm hosil bo‘ladi. Undan bichib-tikiladigan mahsulot esa sifatliligi tufayli, albatta, e’tirozsiz qabul qilinadi. Ana shuni “finish”, ya’ni “marra”, deyish mumkin.
2016-2021 yillarda charm-poyabzal tarmog‘ida mahalliylashtirish dasturi
mlrd.so‘m
Ko‘rsatkichlar nomi | 2016 yil | 2017 yil | 2018 yil | 2019 yil | 2020 yil | 2021 yil kutilishi | 2016 yilga nisbatan o‘sish % |
mahalliylashtirish | 2,9 | 3,0 | 3,7 | 36,9 | 42,0 | 65,0 | 22,4 marta |
Agar 2016 yilda xorijiy davlatlarga sotilgan tayyor charmning faqat bir foizi ikkinchi va uchinchi marta qayta ishlangan charm, qolgani yarimtayyor mahsulot bo‘lgan bo‘lsa, 2021 yil yakuniga kelib, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlarning eksporti 420 million dollarga yetadi.
Made in Uzbekistan - hozirda mazkur yorliq ostidagi charm-poyabzal va mo‘ynali mahsulotlar dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlari bozorida o‘z xaridorini topib ulgurgan. Yaqin 3-5 yil ichida ular qatori Yevropa va Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqalaridagi davlatlar bilan to‘ldiriladi. 2021 yil oxiriga kelib, tarmoqdagi eksport ko‘rsatkichi 2016 yilga nisbatan 4,1 barobarga ortadi. Agar charm-poyabzal va mo‘ynali tovarlar ishlab chiqarish tarmoqlarining eksport dinamikasiga nazar solsak, bu fikrning shunchaki quruq va’da emas balki aniq xisob-kitoblarga va tizimli yondoshuvga tayangan prognoz ekanligiga ishonch hosil qilasiz.
2016-2021 yillarda eksport ko‘rsatkichlari
mln. doll.
2016 yil | 2017 yil | 2018 yil | 2019 yil | 2020 yil | 2021 yil kutilishi |
102,0 | 105,1 | 151,7 | 193,3 | 401,3 | 420,0 |
Uyushma va uning tarkibidagi korxonalar bilan birgalikda har yili xorijiy davlatlarda o‘tkaziladigan “Aymod”, “Aysaf”, “China International Export & Import”, “APLF Leather & Materials”, “MICAM Milano International Footwear Exhibition”, “Linipelli”, “Pure London”, “India International Leather Fair”, “Mosshoes”, “Shoes Star-Asia”, “Biot”, “Myagkoye zoloto” va boshqa bir qator Xalqaro charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalariga mo‘ljallangan ko‘rgazmalarda munosib ishtirok etib kelinmoqda.
Shu bilan birga, O‘zbekistonda charm-poyabzal sanoatining barqaror rivoji va investitsion muhit xalqaro brendlarni ham yurtimizga keng jalb yetilmoqda. Misol uchun dunyoga mashhur Kari brendi O‘zbekistonda yakin bir yil ichida o‘z brendi bilan poyabzal ishlab chiqarishni boshlaydi. Bugungi kunda 1500 ta savdo tarmog‘iga ega kompaniya yiliga 50-60 mln juft poyabzalni xaridorlarga yetkazib beradi. Ayni vaktda zavod uchun Jizzax viloyatida qurilish ishlarini boshlash rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish